5-mavzu. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichi Reja
Download 97.55 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.N.Seversov bilan V.A.Vangerning
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o`zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning yangiliklaridan bo`lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o`ziga xos namoyon bo`lish qonuniyatlarini o`rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarning birinchi navbatda onglarida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishning jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e`tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsni tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo`lga kiritilgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish amaliyotlarini hisobga olsa, iqtisodiyot o`z navbatida islohotlarning ob`ekti hamda sub`ekti bo`lmish inson olamidagi barcha psixologik o`zgartirishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifalarini yechishi kerak. Bundan tashqari menejment, marketing boshqaruvi sohasidagi har bir izlanish hoh u iqtisodchi tomonidan amalga oshiriladimi, hoh psixologlar tomonidanmi, baribir ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda shaxsning individual qobiliyatlarini inobatga olish insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning sirlarini mustahkamlash bilan inson resurslari masalasiga to`g`ri, odilona yondashishni taqozo etadi. Bu esa o`z navbatida shaxs va guruhlar psixologiyasini bilish va ishlab chiqarishning iqtisodiy omillarini odam qobiliyatiga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Psixologiyaning tabiatshunoslik bilan aloqasining tobora mustahkamlanishiga quyidagi omil asosiy sabab bo`lgan. Bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan edi. Eksperiment metodining G.Fexner tomonidan fanga joriy etilganligi ana shu jumladan bo`lib, bu I. M. Sechenovning "Bosh miya reflekslari kitobi bosmadan chiqqanidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi. Bu kitobda psixik hodisalar ham huddi odam organizmining boshqa barcha funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv sistemasining reflektor aks etishi faoliyati natijasi ekanligi ko`rsatib berilgan edi. I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy negizini tashkil etadi. Bu nazariya keyinchalik I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta`limotida uning shogirdlari L.A.Orbeli P.K.Anoxin K.M.Bikov, N.I.Krasnogorskiylarning asarlarida, shuningdek, A.A.Uxtomskiy N.A.Bernshteyn I.S.Beritashvili va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantiriladi. hozirgi paytda psixologiya fanining tabiiy-ilmiy jihatdan bu xilda asoslanganligi olimlar tomonidan miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlari o`rganilayotganligi hisobiga tobora kuchaytirilmoqda. Shu tariqa psixik faoliyatning murakkab fiziologik mexanizmlari tizimini tadqiq qilish borasidagi yutuqlar psixologiya bilan tabiatshunoslik o`rtasidagi aloqalarning aniq natijasi qsifatida yuz beradi. Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda buyuk tabiatshunos Ch.Darvin tomonidan 1859 yilda yozilgan "Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning kelib chiqishi to`g`risida yoki yashash uchun kurashda qulaylikka ega bo`lgan turlarning saqlanishi" kitobida bayon etilgan evolyusion g`oyalari juda katta ta`sir ko`rsatadi. Bu g`oyalar jonli mavjudotlar muhitning o`zgaruvchan sharoitlariga moslashish jarayonida psixikaning rolini aniqlash, psixik faoliyatning oliy shakllari quyi ancha sodda shakllaridan kelib chiqqanligini anglash imkonini beradi. Ch.Darvin butun jonzotning evolyusion g`oyasini hayvonlarda sezgining paydo bo`lishiga nisbatan qo`llashga muvaffaq bo`ladi. U biologik rivojlanish jarayonida tananing tuzilishidagi va uning ayrim a`zolaridagi o`zgarishlarga olib keladigan o`sha asosiy omillarni ko`rsatib beradiki, bu filogenezdagi psixik taraqqiyotning kuchlari bo`lib hisoblanadi. Psixologiyada Ch.Darvinning hayvonlar psixikasining evolyusiyasi haqidagi g`oyalari ko`pgina olimlarning va eng avvalo A.N.Seversov bilan V.A.Vangerning ilmiy ishlarida rivojlantirildi. Bu hayvonlar psixik faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib chiqishidan boshlab tadqiq etish imkonini beradi. A.N.Seversovning tasdiqlashicha, hayvonlarda organizmlar tuzilishi o`zgarmagan holda faqat ularning xatti-harakatini o`zgartirish yo`li bilan muhitga moslashtirishning evolyusiyasi bir-biriga qo`shilmaydigan ikki yo`ldan borgan va hayvonot olamining ikkita tipida o`zining yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan. Bug`imoyoqlilar turida xatti-harakatning irsiy o`zgarishlari jadal tarzda evolyusiyalasha boshladi, ularning yuksak taraqqiy etgan vakillari bo`lgan hashoratlarda esa hayot tarzining barcha ikir-chikirlariga moslashgan g`oyat murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab va mukammal apparati ayni chog`da o`ta qoloq hamdir, hayvonlar muhitning tez o`zgarishlariga moslasha olmaydilar. Xordalilar turida evolyusiya boshqa yo`ldan boradi, instinktiv faoliyat juda katta yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-harakatni individual tarzda o`zgartirish orqali moslashuv jadalroq rivojlana boshladi va organizmning o`zgaruvchanligini juda ham oshirib yuboradi. Irsiy moslashuvchanlik ustida xatti-harakatning individual tarzda o`zgaruvchanligidan iborat ustqurma paydo bo`ladi. Shunday qilib, evolyusion ta`limot xulq-atvorning irsiyat bilan programmalashtirilgan instinktiv shakllarining ham hayot kechirish davomida shartli reflekslar murakkab tizimining paydo bo`lishi natijasida orttiriladigan shakllarining ham kelib chiqishini tushuntirib berish imkonini tug`diradi. Download 97.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling