5-mavzu. Qahramonlik dostonlari
Download 42.23 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni
EPOS VA ETNOS – Qahramonlik eposi etnoslar taqdirining badiiy in'ikosi hisoblanadi. Har bir etnosni eposi orqali tanib, bilish mumkin. Etnos hayotida ro‘y bergan olamshumul voqyealar epos mazmunini tashkil qiladi. Epos etnosni tanitadi. Etnosning hayotiy tajribalari, o‘tmish tarixidan uqqan saboqlari, tajribalarining quyma xulosalari eposda kuylanadi.
Dostondagi har bir obraz etnosning ma'lum ijtimoiy tabaqa yoki biror guruhining ramzi sifatida qad rostlab, ularning intilishlari, fikr-o‘ylari, taqdirini ham ifodalaydi. “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarida Alpomish va Go‘ro‘g‘li – buzilgan yurtni tuzuvchi shaxs timsollaridir. Bu xil tuzuvchi-bunyodkor shaxslarda butun xalq(bo‘g‘im) quvvati jamlanadi. Xalqning a'moli yurtning tuzilishiga asos bo‘lsa, Alpomish va Go‘ro‘g‘li kabi shaxslar tug‘iladi. Bu holatga qarama-qarshi o‘laroq, etnos manglayiga tanazzul tamg‘asi tushsa, xalqning bunyodkorlik quvvati bo‘linadi. “Alpomish” dostondagi ayni ko‘rinish axborotini bo‘g‘in(uchlik) misolida dastlab Boybo‘ri – Boysari taqdirida, so‘ngra bo‘g‘im – Boybo‘ri – Boysari, Alpomish – Barchin, Yodgor (yettilik) ko‘lamida – Kashal podshosi Toychixon va to‘qson alp timsolida badiiy tasvirini ko‘ramiz. Boysun-Qo‘ng‘irot tanazzulga yuz tutganida, Kashal gullab yashnardi. Boysarining akasidan arazlab, o‘n ming uyli el bilan Kashalga ko‘chib kelishi Boysun-Qo‘ng‘irot tanazzulining eng quyi, Kashal etnosi rivojining esa eng yuqori ko‘rsatkichi edi. Shu nuqtadan boshlab charxning Boysun-Qo‘ng‘irot qismi tepaga ko‘tariladi. Kashal bo‘lagi quyiga inadi. Alpomish Barchin talabida Kashalga borgan vaqti esa Toychixon mamlakatida tanazzul buhroni avj nuqtasiga yaqin kelgan edi. Har doim etnos tanazzulga kelgan davrda hokimiyat boshida turgan shaxs yetovda qoladi. Mamlakat jilovi bir necha kishi qo‘liga o‘tadi. Podsholikda rasmiy va norasmiy kuchning so‘zi barobar yuradi. Ko‘p hollarda norasmiy kuchning so‘zi bosim keladi. Toychixon mamlakatning rasman hukmdori bo‘lsa-da, amaldagi kuch-to‘qson alp tomonida. To‘qson alp ning o‘dag‘asi yetti aka-uka alp va ularni orqa qilib «qonundan tashqari» turgan Surxayil kampirning ham so‘zi – o‘ktam. Tanazzulni tutib bo‘lmaydi. Uni bir kishi, bir avlod hosil qilmaydi. Aksincha, bir necha avlodlar a'moli tug‘diradi(sust-faol-sust. Bo‘g‘in bo‘g‘imlarning davriy almashinuvi) – etnosning gunohu savobiga, karmasiga qarab yuzaga chiqadi. Qalmoq mamlakatida kuchlarning bo‘lingani Barchin uchun bo‘lgan kurash – to‘rt shartning bajarilish jarayonida ro‘y-rost yuz ko‘rsatdi. Poygada Boysun-Qo‘ng‘irot bilan Kashalning quvvati sinovdan o‘tadi. Avvalo, poygada Qorajon Alpomish taraf, qolgan alplar o‘z boshiga, Toychixon nomidan uch ot qatnashadi. Sirtdan qaralsa, qalmoqlar o‘z-o‘zlari bilan talashib-tortishayotganday taassurot qoladi. Ayni shu nuqtada tanazzulni boshidan kechirayotgan etnos va bu etnosning tanazzul chekiga tushgan avlodi taqdiri, ularning turli toifa va sotsial guruhlarning ruhiy-siyosiy holatlari, missiya, vazifalari aniqlashadi. Eposda bu jarayon Kashal etnosining quyidagi tiplari orqali berilgan. I a) Toychixon. b) Surxayil kampir. v) Ko‘kaldosh; g) To‘qson alp. II a) Qorajon. b) Tovka oyim. Birinchi guruh Kashal etnosi vakillari Alpomishga qarshi kurashib, o‘z davlati mavqyeini tiklamoqchi bo‘lishadi. Ikkinchi guruh esa Alpomishga yordam berib, etnosga xizmat qilishni afzal bilishadi. Yuksalish bosqichiga chiqqan Boysun-Qo‘ng‘irotda ham tiplar ikkiga ajralgan: 1.Alpomish, Barchin, Qultoy, Qaldirg‘och. 2. Ultontoz, Boybo‘ri, Boysari. Bu o‘rinda birinchi guruh etnos yuksalishiga kamarbasta tiplar. Ikkinchi guruh manfaatlari esa qarama-qarshi harakat sifatida namoyon. Alp etnosning bunyodkorlikka ingan bo‘g‘imida yetiladi. Bunyodkor bo‘g‘im quvvatini o‘zida jamlovchi alpning bichimi xalqning «alplik» haqidagi tasavvurlar tizimida turadi. Alp xalqning adolat o‘rnatuvchi botiri, ideal qahramoni sifatida maydonga chiqadi. Download 42.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling