5-mavzu. Qahramonlik dostonlari
Download 42.23 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayoliy-fantastik obrazlar
- Majoziy obrazlar
Badiiy to‘qima - obrazning ichki-tashqi qiyofasi, maqsad, intilishlarini namoyon etuvchi voqyealarni o‘ylab topishdir.
Romantik obrazlar - ijodkorlarning orzu-xayollarini ifoda etgan kishilar siymosidir. Ularda ijodkorlarning orzu-umidlari, jamiyat to‘g‘risidagi, kishilar haqidagi niyatlari namoyon bo‘ladi. Xayoliy-fantastik obrazlar - romantik obrazlarga o‘xshab ketadi. Bu obrazlarda ijodkorlarning hayotga ideal munosabati, dunyoqarashi ifodalangan bo‘ladi. Xayoliy-fantastik obrazlar mo‘jizaviy, ilohiy xususiyatlar egasi qilib ko‘rsatiladi. Xalq dostonlari, ertaklaridagi qahramonlarni xayoliy-fantastik obrazlar deyish mumkin. Majoziy obrazlar - muayyan narsa-hodisalar qiyofasini umumlashtirib ifodalovchi ramziy obrazlardir. Jumladan, so‘fiyona adabiyot asarlarida yor deyilganda Xudo nazarda tutiladi. Gul, lola muhabbat, sevgi izhori ramzi sanaladi. Allegorik obrazlar - majoziy obrazlarning biri sanaladi. Allegorik obrazlar, odatda, masal va ertaklarda bo‘ladi. Masal, ertaklarning asosiy qahramonlari esa hayvonlar, jonivorlardir. Ularda ayrim odamlarning fe'l-atvoridagi kamchilik, illatlar ko‘rsatiladi. Konflikt - lotincha conflictus degan so‘z bo‘lib, “to‘qnashish” degan ma'noni bildiradi. Ziddiyat, to‘qnashuv hayot taraqqiyotini ta'minlovchi asos bo‘lgani singari badiiy konflikt ham asarning qiziqarli bo‘lishining yetakchi vositasidir. Epos. yun. epos — so‘z, hikoya — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama b-n bir katorda); 2) xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi asar. Epos tor ma'noda, xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi asarlardir. Dastlab epos qahramonlarning atrof-olamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. Qadimgi eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yo‘sini o‘sha davr kishilarining dunyoqarashi, e'tiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. Eposning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalqlarga tegishli ekani aniqlangan «Gilgamish» dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlar-ning «Ramayana» va «Mahabharata», Gomerning «Iliada» va «Odisseya», o‘zbeklarning «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», qirg‘izlarning «Manas», qozoqlar-ning «Qo‘blandi botir», ozarbayjon-larning «Ko‘ro‘g‘li», nemislarning «Nibelunglar haqida qo‘shiq», ispan-larning «Sid haqida qo‘shiq», fran-suzlarning «Roland haqida qo‘shiq», anglosaksonlarning «Beovulf», karel va finlarning «Kalevala», armanlarning «Sosunli Dovud», gurjilarning «Amiraniani» kabi asarlari ham xalq qahramonlik eposiga mansubdir. Download 42.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling