5-mavzu: Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja


Kadrlarni rejalashtirishda quyidagi savollarga javob berishi lozim


Download 29.73 Kb.
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi29.73 Kb.
#1800180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu Restoran biznesida kadrlarni boshqarish Reja-www.hozir.org

Kadrlarni rejalashtirishda quyidagi savollarga javob berishi lozim:
  • qanday malakali, qancha xodim qachon va qayerda kerak buladi?


  • Ijtimoiy zarar yetkazmagan holda kerakli xodimni qanday qilib jalb qilish va ortiq xodimni qisqartirish mumkin?


  • qanday qilib xodimning qobilyatlaridan yaxshirincha foydalanish mumkin?


  • yangi yuqori malaka talab kiladigan ishlarni bajarish uchun qanday kadrlarning rivojlanishini ta’minlash


  • kòrsatishning va Xizmat talab ehtiyojlariga muvofiq ularning bilimlarini qoʻllab-quvvatlab turish mumkin?


• kadrlarga doir rejalashtirilgan tadbirlar qanday xarajatlarni talab kiladi?


Kadrlarni rejalashtirish xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasida birlashtirilgan va oʻzaro bir - biri bilan boglangan bugun bir tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali ro’yobga chiqariladi.
Kadrlar bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida quyidagi axborotni to’plash zarur:
• xodim to’grisidagi ma’lumotlar (ismi, otasining ismi,Familiyasi, turar joyi, yoshi, ishga kirgan vaqti va x.k.)
• xodimlar tarkibiy tuzilishi toʻgrisidagi ma’lumotlar (malakasi, jinsi, millati; nogironlar, ishchilar, xizmatchilar. malakali ishchilar va shu kabilarning salmogi);
• kadrlar qo’nimsizligi;
  • bekor turib qolishlar. kasallik natijasida vaktning bekor sarf boʻlishi;


  • ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to’liq yoki qisman band bòlgan, bir navbatchilikda, bir necha navbatchilikda ishlovchilar:


  • mexnat ta’tillarining qancha davom etish


• xodimlarning ish haqi (uning tuzilishi, koʻshimcha ish haqi ustamalar, ta’rif buyicha va ta’rifdan tashqari toʻlovlar);


• davlat va huquqiy tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy mazmundagi xizmatlar haqida ma’lumotlar (qonunlarga. ta’rif me’yorlariga muvofiq, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan xarajatlar).
Anketalar korxona maqsadlari bilan bir qatorda kadrlarin rejalashtirishga ham xizmat qiladigan mazmunda tuzish kerak. Xodimga boʻlgan extiyojni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirish jarayonining boshlangich bosqichi xisoblanadi va mavjud ish oʻrinlari hamda rejalashtirilgan ish oʻrinlari to’grisidagi ma’lumotlarga, tashkiliy-texnik tadbirlar oʻtkazishga, shtat jadvali, boʻsh oʻrinlar rejasiga asoslanadi. Har bir aniq holatda xodimga boʻlgan extiyojni aniqlashda tegishli boʻlim rahbarlarining ishtirok etishi tavsiya etiladi.

Download 29.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling