5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya


§ 5.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida


Download 27.72 Kb.
bet3/8
Sana29.07.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1663643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu JIXIM

§ 5.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida
Kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni kuchaytirib borish jarayonlari osonlik bilan kechayotgani yо‘q. 1992 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga kirtilgan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilgan investitsiyalarning miqdori 51,5 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. 90-yillar boshida jahon bankining ma’lumotiga qaraganda, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xususiy kapitalning jalb kilinishi yanada kuchayib, 1994 yilda 173 mlrd. dollarni tashkil etgan. Yangi fond bozorlaridagi aksiyalarga band etilgan portfel qо‘yilmalar 1993 yilda 46,9 mlrd. dollarni tashkil etgan bо‘lsa,1994-yilda 39,5 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. О‘z navbatida banklarda deponintlangan va obligatsiyalarga qо‘yilgan xususiy sarmoyalarning kiymati 1993 yilda 45,7 mlrd. dollardan 1994 yildan 55,5 mlrd. dollarga о‘sgan. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yо‘naltirilga xorijiy investitsiyalar miqdori esa 1993 yilda 66,6 mlrd. dollardan 1994 yilda 77,9 mlrd. dollarga о‘sgan . Kayd etib о‘tish joizki, 1993 yilda ba’zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlarning о‘zlari ham 14 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi sarmoyani xorijiy mamlakatlarga eksport qilishgan.
Transmilliy korporatsiyalar kо‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda yuksak iqtisodiy о‘zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu koporatsiyalar texnik taraqqiyotining ichki omillariga ham juda katta imkoniyatlar ochib bermoqda. Amaliyot natijalari shuni kо‘rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar “uchinchi dunyo” mamlakatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xо‘jaligida tutgan о‘rni


Jahon iqtisodiyoti va XIMda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YAIM”) rivojlanayotgan davlatlarning kо‘pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha sistemalari bо‘yicha ajralib turadi.
“YAIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. YA’ni, ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi “YAIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida kо‘zga tashlangan edi.
Lotin Amerikasidagi “YAIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek Osiyodagi “BMT tomonidan ishlab chiqargan metodika bо‘yicha “YAIM”lar qatoriga kiruvchi davlatlar u yoki bu kriteriyalar bо‘yicha alohida ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:

      • Aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning miqdori bо‘yicha.

      • Yalpi ichki mahsulotning о‘rtacha yillik о‘sish sur’atlari bо‘yicha.

      • Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori bо‘yicha ( 20% atrofida bо‘lishi kerak).

      • Chiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bо‘yicha.

      • Xorijiy mamlakatlarga chiqariladigan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri investitsiyalarning umumiy miqdori va h.o.lar


Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling