5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya
О‘zbekistonning integratsion tashkilotlardagi ishtiroki
Download 27.72 Kb.
|
5-Mavzu JIXIM
О‘zbekistonning integratsion tashkilotlardagi ishtiroki
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada kо‘pgina yutuqlarga erishdi. Respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etishi va О‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan kо‘p tomonlama siyosat yuritishi davlatimizning jahon xо‘jaligida tutgan о‘rnini mustahkamlashning muhim shartidir. О‘zbekiston Respublikasi a’zo bо‘lib kirgan eng muxim birlashmalardan biri - Mustaqil Davlatlar hamdо‘stligi (MDH) bо‘lib, u 1991 yil dekabrda tuzilgan. Xozir MDH ga Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston Respublikasi, О‘zbekiston Respublikasi va Ukraina kiradi. Hamdо‘stlik maqsadlari quyidagilar: • demokratik xuquqiy davlatlar tuzish, ular о‘rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini va suveren tenglikni о‘zaro tan olish va xurmatlash, о‘z takdirini о‘zi belgilash xuquqi, teng xuquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kechish, nizolarni tinch yо‘l bilan hal etish, inson xuquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar xuquqlarini xurmat qilish, majburiyatlarini va bjshqa umum tan olingan xalqaro xuquq tamoyillari va normalarini halol bajarish asosida rivojlanadi; • bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chegaralar buzilmasligini tan olish va xurmat qilish; • chukur tarixiy ildizlarga ega bо‘lgan xalqlarning tub manfaatlarini hamda qо‘shnichilik va о‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash; • fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash. О‘zbekiston Republikasi 1992 yilda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) a’zosi bо‘ldi. IXT Afg‘oniston Islom Davlati, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Kozog‘iston Respublikasi, Pokiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, О‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni birlashtiradi. 1992 yilda Texronda oliy darajadagi IXT uchrashuvi paytida e’lon qilingan axborotda IXT a’zolarining iqtisodiy farovonligi yо‘lida kо‘ptomonlama mintaqaviy hamkorligini kо‘zda tutuvchi maqsadlar va vazifalar e’lon qilindi. Download 27.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling