Amerika qit’asida integratsiya jarayonlari rivojlanishining xususiyatlari
Jahon xо‘jaligida integratsiyaon markazlardan biri Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi — NAFTA tashkil etilishi va uning faoliyat kо‘rsatishi rivojlanayotgan integratsiya jarayonlaridan biridir.
Shartnomaning asosiy qoidalari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
AQSH, Kanada, Meksika о‘zaro savdo qiladigan tovarlarga bojxona poshlinalarini bekor qilish;
Shimoliy Amerika bozorini о‘z tovarlarini Meksika orqali AQShga qayta eksport qilish yо‘li bilan Amerika poshlinalaridan xalos bо‘lishga urinuvchi Osiyo-Yevropa kompaniyalarining ekspansiyasidan himoya qilish;
Meksikada bank va sug‘urta ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining raqobatiga va kapital qо‘yishiga taqiqni qilish;
atrof-muhitni qо‘riqlash bilan bog‘liq muammolarni xal qilish uchun uch tomonlama guruxlar tashkil etish.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida integratsion jarayonlarning xususiyatlari
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi integratsion jarayonlarining uchinchi eng yirik markazi hisoblanadi.
Deyarli 30 yil mobaynida Janubi-Sharkiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN) muvaffaqiyatli faoliyat kо‘rsatmokda. Unga Osiyodagi tо‘rtta "ajdaxodan biri — Singapur, shuningdek, "yangi tо‘lqin" — yangi industrial mamlakatlar — Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin kiradi. Ushbu guruh doirasida о‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyati ASEAN katnashchilari bо‘lgan kо‘pchilik mamlakatlarning shiddatli iqtisodiy о‘sishi, ular rivojlanishini taqqoslash mumkinligi, yaxshi yо‘lga qо‘yilgan va uzoq, tarixiy an’analarga ega bо‘lgan о‘zaro savdo aloqalarining mavjudligi, shuningdek, hamkorlik shakllarining tartibga solinishi bilan mustahkam bog‘liqdir. ASEAN rejalarida 2000 yilgacha qatnashchi mamlakatlar bojxona poshlinalarini 38 ming turdagi tovarlar bо‘yicha о‘rtacha 5 foizga pasaytirish rejasi mavjud edi. 1995 yil oxirida 2000 yilda, voqealar kо‘ngildagidek rivojlangan takdirda 2002 yilda erkin savdo znasi barpo etish tо‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |