5-mavzu: Shaharlarning funksiyalari


Download 26.45 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi26.45 Kb.
#1842043
Bog'liq
5-МАВЗУ


5-mavzu: Shaharlarning funksiyalari


Shaharlar ma’lum sabab, omil asosida vujudga keladi. Ularning paydo bo’lishi qulay geografik o’rin bilan bir qatorda turli xil qazilma boyliklarni qazib olish, ilmu-fan, rekreatsiya, savdo—sotiq, sanoat tarmoqlari, transport kabilarning rivojlanishi bilan bog’liq. Shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning eng muxim xususiyati shundaki, ularning axamiyati, ta’sir doirasi mazkur axoli manzilgohidan chetga chiqadi.
Qadimda shaharlar savdo —sotiq va xunarmandchilik negizida paydo bo’lishgan. Keyinchalik bunga eng ko’p sanoat va transport sababchi bo’lgan. Qazilma boyliklar asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «resurs shaharlar» deb xam yuritishadi. Bunday shaharlar, odatda, o’z atrofi, qishloq joylar bilan kam bog’lashgan bo’ladi.
Shaharlarning aksariyati bizning sharoitimkzda, ya’ni dehqonchilik rivojlyangan mamlakatlarda, qishloklar asosida tashkil yetiladi, ular muayyan talab darajasiga yetganlaridan so’ng konuniy ravishda bu rasmiy maqomni olishadi. Shaxarlarning bunday genetik xususiyatlari urbanizatsiya jarayoniiing, ayniqsa, qishloq urbanizatsiyasining «sharqona» rivojlanishidan darak beradi.
Shaharlar kelib chikishiga qarab, «yangi» va «eski» shahar bo’lishi mumkin. Biroq bu tushunchalar nisbiydir. Sababi yaqingacha biz sobiq sho’rolar davrida vujudga kelgan shaharlarning barchasini yangi shaharlar» guruxiga kiritar edik. Hozir esa yangi shaharlarni mustakillik davri bilan belgilash tug’riroqdir.
Biroq, aholi manznilgoxining yuridik ravishda shahar maqomiga ega bo’lishi uning xaqiqiy yangiligini iifodalamaydi. Chunki bunday axoli yashaydigai joylar qadim — qadimdan mavjud. Masalan, Chust shahri so’nggi marta shahar unvonini rasmiy ravishda 70 —yillarda oldi, vaxolanki uning real tarixi bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga oladi. Xuddi shunday, G’ijduvon, Pskent, Nurota, Rishton va xokazolar ko’p yi.alik tarixga ega.
Aslida olganda, yangi shahar deyarli «bo’sh» joyda, yaqinda barpo
bulgan, arxitektura qurilishi, obodoetiligi bilan ajralib to’radi. Shu bilan birga eski qnshloqning yangi yirik qurilish tufayli o’z qiyofasini tubdan o’zgartirishi, aholi sonining bir necha marta ko’paytirishi xam uning yangi shahar deb atalishiga asos bo’la oladi.
Shaxarlarniig kelib chiqishi. ularning genetik xususiyatlarini o’rganish tarixiy yondashuvni talab qiladi. Apa shunday tarixiy taxlil yordamida ularning o’tmishi va xozirgi holati baholanadi. Bu esa o’z navbatada, shaharlarni bashorat qilishga (prognozlashga) ilmiym asos bulib xizmat qiladi.
Ko’pchilik xollarda shaharlarning genetik tiplari ularning
nima bilan shug’ullanishini ham belgilab beradi. Bu esa ularning
xududiy mehnat taqsimotida tuttan o’rni, basharasini ko’rsatib
turadi. Shaharlar xam turli soxalarga ixtisoslashadi, ya’ni ularning o’ziga xos va mos «kasbi», vazifasi va yo’nalishi mavjud. Bu jihatdan shaharlar sanoat, transport, ilmu — fan, dam olish markazlari bo’lishi mumkin.
Shaxarlarning qaysi soxaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifasini aniqlash funktsional tipologiya doirasida amalga oshiriladi. Bunda bosh mezon qilib shahar axolisining bandlik tarkibi olinadi, ya’ni qaysi soxada mexnat resurslari ko’proq ( mamlakat shahar joylari bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori) bo’lsa, o’sha yo’nalish mazkur shaharning funktsional tipini ifodalab beradi.
Odatda shaharlar quyidagi funktsional tiplarga bo’linadi.
1.Ko’p funktsiyali siyosiy — ma’muriy markazlar, poytaxt
shaharlar.
2.Ko’p funktsiyali shaharlar—viloyat markazlari.
Z.Ko’p tarmoqli ynrik sanoat markazlari.
4.Asosan bir yoki ikki saioat tarmog’iga ixtisoslashgan
shaharlar.
5.Transtsort markazlari. 6 Agroindustrial shaharlar. 7.Tuman markazlari. V.Rekreatsiya shaharlari.
E.Ilmu — fan markazlari, universitet shaharlari va x.k. Yuqoridagi fuiktsional tiplar shaharlarniig katta — kichikligiga qarab xam turlanadi. Bu xrlda shaharlprning funktstyunal klassifikatsiyasi vujudga kelishi.
O’zbekistonda birinchi va ikkinchi guruh shaharlarga Toshkent hamda barcha viloyat markazlari kiradi. Ular ayni paytda ko’p tarmoqli sanoat markazlari xam hisoblanadi. Uchinchi tipga asosan Chirchiq, Olmaliq, Qo’qon kabi shaharlar mansub, to’rtinchi guruhga Marg’nlon. Angren, Oxangaron, Muborak, Gazli, Zarafshon, Taxiatosh, Asaka, Uchqo’rg’on, Quvasoyga o’xshashlarni kiritish mumkin.
Kogon, xobos, Qo’ng’irot—transport shaharlari, Chortoq-rekreatsiya,Ugug’bek —fan markazlaridir.Respublikamizda juda ko’p shaharlar atroindustrial yo’nalishga ega, ya’ii ularda qpshloq xo’jalik maxsulotlaripi qayta ishlovchi sanoat korxonalari mavjud. Ulardan ham ko’proq shaharlar qishloq tumanlarmarkazi vazifasini bajaran birok bunday shaharlar — «kichik poytaxtlar» ayni paytda agroindustrial xarakteriga ham ega bo’lishlarn mumkin. Poytaxt shaharlar mamlakat shaharlar turi va tizimida karvonboshchilik qilishadi. Ammo ular aholisi buyicha eng katta, sanoat o’ta rivojlangan bulishi asloshart emas. Chunki, bunday shaharlarning asosiy vazifasi —siyosiy markaz, dorulsaltanat, ya’ni poytaxt funktsiyasshsh bajarishdan, binobarin mamlakatni boshqarish, uni siyosiy, ilmiy—texnikaviy, ijtimoiy — iqtisodiy jixatdan tashkil qilishdan iborat bo’lishi lozim.
Juda ko’p mamlakatlarda poytaxt shaharlar muammosi keskin turadi. Bunday shaharlar mumkin qadar mamlakat xududinin o’rtasida (markazida), tarixan asosan tub millat tarqalgan xududdajoylashgan bo’lmog’i lozim. Sababi — ular eng avvalo milliy poytaxtlardir. Shu bilan birga, bu shaharlarda boshqaruv funktsiyasi keng rivoj-langan bo’lishi shart.
Dunyo mamlakatlarinipg ayrimlarida poytaxt shaharlari o’zgarib turgan. Masalan, Braziliyada poytaxt Rio —de —Janerodan Braziliyaga, Pokistonda Karachidan Islomobodga, Kozog’istonda Olme - Otadan Ostonaga ko’chkrilgan va xokazo! Bir vaqtlar Ukrainaping poytaxti Xarkov, Rossiyaniki Peterburg, Turkiyaniki Stambul, Qoraqalpagistonniki To’rtko’l bo’lgan, O’zbekiston Respublikasining dastlabki poytaxti Samarkand bo’lib, 1930 —yilda bu vazifasini bajarish Toshkentga ko’chirilgan.
Poytaxt shoxarlariing nufuzn xam, ma’suliyata xam yuqori. Binobarin, xar kanday mamlakat o’zining bosh shaxri, «yo’l boshchisiga» katta e’tibor bermog’i tabiiydir, chunki ular o’sha joyda yashovchilarning milliy iftixori xisoblanadi
Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling