5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana16.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1095477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)

Diqqatning barqarorligi ma‟lum vaqt davomida bir xil ob‟ektda fikrni jamlay
olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy
tebranishlarga moyilligini ko„rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari N.N. Lange
bo„yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig„i bilan esa 12 soniyaga teng bo„ladi.
Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni jamlaydigan bo„lsak, u 
holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga
asoslangan bo„lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy
tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma‟lum vaqt
davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo„lib ko„rinadi (8.1
rasm).
Rasm. 8.1.
Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo„lib, u jamlangan
jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi
isbotlandi. Diqqat barqarorligini o„lchash uchun alohida harflarning tartibsiz
ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan
harflar 
soni 
har 
bir 
satrda 
bir 
xilda 
bo„ladi.
 Diqqatning xossalari


Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki
darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko„ra, diqqatni jamlash bosh
miya po„stlog„idagi kuchli qo„zg„alish o„chog„i faoliyatining xususiyati bilan
bog„liq.
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o„zida bir necha
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko„ra, odam ongli
psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o„zida bir nechtasini
bajarish sub‟ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga
o„tish oqibatida yuzaga keladi.[2]
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan
faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo„lishi mumkin),
murakkabligiga (ruhiy zo„riqishni talab etuvchi darajaga), ma‟lumligi va odatiyligi
darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog„liqdir.
Diqqat taqsimlanishini o„rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli
jadvallar) jadvallari qo„llaniladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling