5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana16.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1095477
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)

YAratuvchi xayol – bu ma‟lum inson uchun biror yangilikni so„z orqali
ta‟riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar)
ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida,
shu bilan birga, ta‟limda ham keng qo„llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol
ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo„yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayolbu yangi obrazlarni tayyor ta‟riflar yoki shartli tasvirlarga
tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda
boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo„lgan, faoliyatning aniq o„ziga xos
Xayol turlari va jarayonlari


mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g„oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson
ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo„lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati –
kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko„ra olish va
boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh»
yordamida kelajakda o„zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir
bo„lishini ko„ra oladi.
Sust xayol ichki, sub‟ektiv omillarga bo„ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan
to„liq yoki deyarli to„liq bo„lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq
etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq- 
atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki
tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning
materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada
to„plangan boshqa ma‟lumotlar xizmat qiladi.
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo„lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson
irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog„liq ravishda yuzaga
keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim
uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada),
gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta‟sirida sodir bo„ladi. Oldindan
ko„zlangan, maqsadga yo„naltirilgan tarzda inson tomonidan o„z tajribasining mos
elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy
xayol deyiladi. Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni
amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o„zini uch xil shaklda:
orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik
obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo„riqishni kamaytirish,
maqsadga yo„nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish
vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari,
ehtiyojlari yaqqol ko„zga tashlanadi. SHirin xayolga orzularinson amalga
oshirmoqchi bo„lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu
xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi.
Orzular shirin xayoldan o„zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan
farq qiladi. Inson o„z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati
bilan, shu bilan birga – sub‟ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib
turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam
ravishda bog„lab turganidagina foydali bo„lishi mumkin. Agar bunday bo„lmasa,
orzu harakat rag„batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.


Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo„lgan

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling