5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja
Xayol va uning fiziologik asosi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- fiziologik asosi
4. Xayol va uning fiziologik asosi
haqida tushuncha voqelikni avvaldan aks ettirishni ta‟minlaydi, bunda o„tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo„l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko„rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo„lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo„lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo„li bilan yaratiladi. Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo„naltirilgan bo„ladi. Inson biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo„ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi. Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda bog„langan. Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo„shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o„tmish tajribada shakllanib bo„lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg„unliklarining hosil bo„lishidan iborat. Bunda mavjud bo„lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg„unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo„lgan uyg„unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so„z katta ahamiyatga ega bo„ldi. Barcha ko„rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog„langandir. So„z xayol obrazlarining hosil bo„lish manbai bo„lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo„lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o„zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob‟ektiv voqelik hisoblanadi. Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo„lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog„liq bo„lib, unga organik tarzda kiritilgandir. Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O„z xayoli ko„magida inson qisman bo„lsada, ko„pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo„riqishni kamaytirishga layoqatli bo„ladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling