5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja


 Xayol va uning fiziologik asosi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana16.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1095477
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)

4. Xayol va uning fiziologik asosi
haqida tushuncha


voqelikni avvaldan aks ettirishni ta‟minlaydi, bunda o„tmishning kelajakdagi
proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo„l topishga va bevosita
amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi
ko„rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo„lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat
insonda mavjud bo„lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab
chiqish yo„li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo„naltirilgan bo„ladi. Inson biror
harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday
bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo„ladigan
amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq
etish bilan uzviy holda bog„langan.
Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning
emirilishi, qayta guruhlarga qo„shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o„tmish
tajribada shakllanib bo„lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg„unliklarining hosil
bo„lishidan iborat. Bunda mavjud bo„lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda
dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning
yaratilishi avval bir-biri bilan uyg„unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan
hosil bo„lgan uyg„unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi
tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so„z
katta ahamiyatga ega bo„ldi.
Barcha ko„rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog„langandir. So„z
xayol obrazlarining hosil bo„lish manbai bo„lib xizmat qiladi, ularning tarkib
topish yo„lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o„zgartirish
vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan
vaziyatda xayol manbai – ob‟ektiv voqelik hisoblanadi.
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi
voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish
imkoniyatiga ega bo„lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog„liq
bo„lib, unga organik tarzda kiritilgandir.
Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O„z
xayoli ko„magida inson qisman bo„lsada, ko„pgina ehtiyojlarni qondirish, uning
natijasida yuzaga kelgan zo„riqishni kamaytirishga layoqatli bo„ladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling