5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja


Xayolning individual xususiyatlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana16.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1095477
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)

 Xayolning individual xususiyatlari
va rivojlanishi


rivojlanishining zaifligi ma‟lum vaziyatni ko„rgazmali tasavvur etish
malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab
bo„ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy
va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas.
Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko„ra, aniqroq farqlanadi.
Bir xil odamlar xayol obrazlarining o„ta yorqinligi, boshqalar – o„ta rangsiz
tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini
ijodiy mehnat bilan shug„ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi,
olimlarda ko„rishimiz mumkin.
Odamlar o„rtasidagi farqlar ustun bo„lgan xayol xususiyatlariga nisbatan
aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga
bog„liq ravishda odatda, obrazlarning ko„rish, eshitish, motorli va ko„rish- 
eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi,
odamlar ko„proq xayolning aralash tipiga ega bo„ladilar, chunki hayotda bir
vaqtning o„zida ko„rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol
tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo„lgan ehtiyojlar
sohasi bilan belgilanadi.
Inson rivojlangan xayol bilan tug„ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda
sodir bo„ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material
bo„lib xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to„planishini talab etadi. Xayol
ta‟lim-tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan
birlikda shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog„langan. Idrok
qilish va xayol o„rtasidagi uzviy aloqa bola o„z o„yinlarida olgan taassurotlarini
avval idrok qilingan jismlarni xayolda o„zgartirigan holda qayta ishlay
boshlaganida namoyon bo„ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga
aylanadi.
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi
bilan bog„liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum
tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi
bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish
imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan
birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo
bo„lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol
shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan bog„liq. Maktab
yoshida xayolda muhim o„zgarishlar sodir bo„ladi. O„qitish jarayonida reproduktiv
va ijodiy xayol faol rivojlanadi. Shunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi
qator 
omillarga 
bog„liqdir.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling