5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktsentlashtirish
Giperbolizatsiya
– obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‟zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar. Tizimlashtirish – o‟xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo‟lib, har bir davr uchun tipik bo‟lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O‟g‟ri», «Bemor») A.Qodiriy («O‟tgan kunlar») romani kabilar. Aktsentlashtirish – ayrim belgilarni ta‟kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o‟rtoqlik hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko‟p qo‟llaniladi. YUqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro‟y beradi. CHunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko‟riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi. Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega. Xayol tasavvurlari ongda paydo bo‟ladi va barqaror bo‟ladi. Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg‟ularini beradi. Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog‟liq bo‟lgani sababli yangilikni his qilish tuyg‟ulari oqibatida vujudga keladi. Xayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko„proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko„ra tafovutlanishida ifodalanadi. Xayolning rivojlanganlik darajasi o„tmishdagi tajriba ma‟lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to„laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to„g„ri kelmaydigan va mo„„jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling