5. Mavzu: Sodda psixik jarayonlar Reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana16.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1095477
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
5 mavzu Sodda psixik jarayonlar. (2)

TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo„lgan vaqtli aloqalarning qaytadan
tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo„shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi
obrazlarini hosil qilish.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma‟noni bildirib, unda turli qismlarni bitta
qilib yangi obraz yaratiladi.


Giperbolizatsiya obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek,
alohida qismlarni o„zgartirishdir.
Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta‟kidlash orqali obrazlar yaratish.
Insonning Er sayyorasida yashovchi
birorta mavjudotga xos bo„lmagan sifat –
yangilik yaratish qobiliyatini o„rganib, inson
psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to„qnashamiz. Uning mohiyati
insonning o„z ongida real voqelikda hali mavjud bo„lmagan obrazni yaratishdan
iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o„tmish tajribasi tashkil etadi.
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham
muhim o„rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo„lib, unda voqelik vositali tarzda
aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira
taassurotlari namoyon bo„ladi. Tafakkur kabi xayol ham o„tmish tajribasini qayta
ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.
Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta
tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz,
tasavvur yoki g„oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali
duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo„lishi bilan farq qiladi. Bular
inson ko„z o„ngida sodir bo„lmagan va bo„lishi mumkin bo„lmagan hodisalar,
dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o„zida sodir bo„lishi kutilgan voqea va
hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik
doimo haqiqatda mavjud bo„lganlar bilan u yoki bu darajada bog„langan bo„ladi.
Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o„zgarishlarga
uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti
jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish
inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin.
Ko„p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug„ilganida, ya‟ni,
harakatdan o„zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda
yuzaga keladi.
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko„ra oladi va o„z hulq-atvorini
boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o„zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida
shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling