5-Mavzu. Statistik ko`rsatkichlar reja
Mutlaq miqdorlar va ularning turlari
Download 218.52 Kb.
|
5 Мавзу.Статистик кўрсаткичлар (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAkka mutlaq miqdorlar
- Umumiy mutlaq
5.2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarning bir turidir. Statistik kuzatish ma'lumotlarini jamlash natijasida o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini. sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo'lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq miqdorlar deyiladi. Masalan. 0' zbekistonning hududi 447.2 ming kvadrat km.• aholisi 30 mIn. kishi, Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqda. har yili mamlakatimizning yoshlaridan 50000 tasi talaba bo'ladi. Bularning hammasi mutlaq miqdorlardir. Mutlaq miqdorlar ikki usulda aniglanadi yoki hosil gilinadi: kuzatish ma'lumotlarinijamlash va maxsus hisob-kitob yo'li bilan Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar: yakka va umumiy miqdorlarga bo`linadi. YAkka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinib, boshlang’ich hisob va kuzatish hujjatlarida qayd qilinadi. Bunday miqdorlar kuzatilayotgan to`plamning alohida birliklarini tavsiflaydi va statistik tekshirish uchun manba bo`lib hisoblanadi. Guruhdagi har bir talaba, davlat xo`jaligidagi ayrim ekinlar maydoni, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi va hokazolar yakka mutlaq miqdorlarga misol bo`la oladi. Ular svodkalash va guruhlash uchun manbagina bo`lmasdan, ilg’or tajribalarni ommalashtirishda, ijobiy va salbiy voqealarni yoritishda keng qo`llaniladi. Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to`plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta`riflovchi miqdorlar tushuniladi. Ular boshlang’ich statistik kuzatish materiallarini svodkalash natijasida olinadi. Bunday mutlaq miqdorlarga guruhdagi yoki institutdagi jami talabalar soni, qishloq xo`jaligidagi hamma ekinlar maydoni, zavoddagi barcha ishchilarning ish haqi fondi misol bo`la oladi. Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatdan bir xil bo`lgan yakka mutlaq miqdorlarning yigindisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin: bu erda: Aum – umumiy mutlaq miqdor; a1…an – kuzatilayotgan to`plam birliklari, yakka mutlaq miqdorlar; – to`plam birliklarining yig’indisi. Umumiy mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o`zida aks ettirib, muayyan olingan xo`jalik, tarmoq, viloyat, jumhuriyat mavqeini, imkoniyatini tavsiflaydi. Mutlaq miqdorlar: naturada; shartli naturada; pulda; kompleks o`lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Download 218.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling