5-Mavzu. Statistik ko`rsatkichlar reja
Download 218.52 Kb.
|
5 Мавзу.Статистик кўрсаткичлар (1)
Natura-o`lchov birligi deyilganda, o`rganilayotgan hodisaning ichki xususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan ko`mir – tonna, aholi soni – kishi, ekin maydoni – gektar, bosib o`tilgan masofa – kilometrlarda ifodalanadi.
Ba`zi murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o`lchov birliklarining o`zaro birikmasi bilan tavsiflashga to`g’ri keladi. Masalan, yuk transportining bajargan ishi – tonna-kilometr (tashilgan yuk hajmi va bosib o`tilgan masofa), ish vaqti – kishi-soat yoki kishi kuni (ishlangan kun yoki soat va kishilar soni), iste`mol qilingan elektr energiya – kilovatt-soat (kilovatt va soat) va hokazolarda ifodalanadi. SHunday qilib, murakkab hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o`lchov birliklarining o`zaro birikmasi statistikada kompleks o`lchov birliklari deyiladi. SHuni ham qayd qilish kerakki, natura-o`lchov birliklari ayrim hodisalarning iste`mol xususiyatlarini to`la hisobga olmaydi. Masalan, traktorni olaylik. Ularning sonini donada aniqlash mumkin. Ammo ayrim olingan traktorlar turlicha quvvatga, ya`ni turlicha iste`mol qiymatiga ega. SHunday ekan ularni to`g’ridan-to`g’ri dona hisobida sanab, umumiy sonini aniqlash mumkin emas, aks holda ularning iste`mol qiymatini hisobga olmagan bo`lamiz. natijada raktor bilan ta`minlanish va undan foydalanish haqida noto`g’ri ma`lumotga ega bo`lish mumkin. Bu sohada aniq tasavvur hosil qilish uchun traktorlarni shartli-natura birliklarida hisoblash kerak. Buning uchun maxsus shartli birlik qilib olingan shartli traktorga keltirish koeffitsientlaridan foydalaniladi. Download 218.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling