5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
Boshqa sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar
Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari. Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari bo‘lgan yaroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar, tovar betonlarning qoldiqlari, hamda ekspluatatsiya muddatini o‘tagan buyumlar etarli hajmda yig‘iladi va ularni qurilishda betonga to‘ldiruvchi sifatida qayta ishlatish mumkin. Bu chiqindilarni maxsus jihozlarda qayta ishlanadi. YAroqsiz beton va temir- beton buyum va konstruksiyalar qayta ishlash ikki bosqichdan iborat: dastlab buyumlar buziladi, armaturasi ajratib olinadi, so‘ng ajratilgan beton massasi maydalanadi. Maydalangan material 0.....70 mm fraksiyaga ajratiladi . G‘isht chaqiq toshi. Beton uchun to‘ldiruvchi sifatida oddiy sopol g‘ishtni maydalashda olingan g‘isht asosidagi chaqiq toshni qo‘llash mumkin. G‘isht, gilli xomashyoni kuydirishda olingan boshqa sopol materiallar singari etarlicha mustahkamlikka ega. G‘ishtning zichligi - 1,7 g/sm 3 , u asosida engil to‘ldiruvchi hisoblanadigan. uyilma zichligi 800 - 900 kg/m 3 bo‘lgan chaqiq tosh olinadi. Bunday chaqiq toshlar asosida mustahkamlik chegarasi 10-15 MPa va zichligi 1800-2000 kg/m 3 bo‘lgan beton olinadi, ya’ni bunday betonlar oddiy og‘ir to‘ldiruvchili betonga nisbatan 20% ga engil bo‘ladi. Asbestotsement buyumlari chiqindilari. Asbestotsement buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda qirqindi, uvoq, yaroqsiz maxsulotlar kabi chiqindilar hosil bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular umumiy mahsulotning 3% hajmini tashkil etishi mumkin. CHet elda va O‘zbekisonda olib borilgan izlanishlar, shuni ko‘rsatmoqdaki, asbestotsement chiqindilari engil betonlar uchun samarali to‘ldiruvchi vazifasini bajarishi mumkin. Shuningdek, sanoat va shaxar chiqindilari - rezina va plastiklar bo‘laklari, shahar maishiy chiqindilariga termik va qayta ishlov berib, maydalangan tog‘ jinslari bilan birga yo‘l qurilishida, hamda beton olishda ishlatish mumkin. Sanoat chiqindilarini to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanilishi xam iqtisodiy, ham ekologik nuqtai nazardan juda dolzarbdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling