5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Yog‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5 мавзу

Yog‘och chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar 
O‘zbekiston chegaralarida o‘rmonlar notekis taqsimlangan. O‘rmon xo‘jaligi Bosh 
Boshqarmasining hisobotiga ko‘ra Davlat o‘rmon fondi 1991 yilda 5467 ming ga 
tashkil topgan bo‘lsa, oxirgi yillardagi xukumatimiz sayi harakati bilan o‘rmon fondi 
bir necha bor oshdi. Xozirgi vaqtda o‘rmon fondi 8775.4 ming ga ni tashkil etadi. 
Yog‘och Markaziy Osiyo regionida defetsit material hisoblanadi. O‘zbekistonga 
yog‘och asosan Rossiya va Qozog‘istondan tashib kelinadi. 
O‘zbekistonda yog‘och chiqindilari yog‘ochni qayta ishlash korxonalari, mebel, 
duradgorlik buyumlari, qurilish detallarini tayyorlashda xosil bo‘ladi. Bu chiqindilar 
yog‘ochning alohidagi qismlari, qirindilar va qipiqlardan tashkil topadi. Shunindek 
shox-shabadalar va po‘stlog‘ini maydalash natijasida ham xosil bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda yohoch chiqindilaridan yog‘och tolali va yog‘och qipiqli plitalar va 
boshqa qurilish materiallari olishda, qog‘oz-sellyuloza, gidroliz sanoatida keng 
foydalaniladi. 
Yog‘och chiqindilaridan to‘ldiruvchi sifatida qo’llab arbolit, fibrolite va boshqa 
buyumlar tayorlanadi. 
Arbolit sement, organik to‘ldiruvchilar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv 
aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘och navlarning 
maydalangan chiqindilaridan foydalaniladi. Arbolitdan buyumlar tayyorlash 
texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar tayyorlash operatsiyalarini, 
masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash, to‘ldirgichni sement 
qorishmasi bilan aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyish va uni 
zichlash, qoliplangan buyumlarni qotirishni o‘z ichiga oladi. 
 


100 
 
5.1-rasm. Arbolitning tuzilishi 
Arbolit zichligining uncha yuqori bo‘lmasligi bilan xususiyatlanadi - zichligi 
700 kg/m

dan kam (issiqizolyasiya arbolitni o‘rtacha zichligi 400 kg/m
3
va undan 
past), siqilishda mustahkamligi 0,5 dan 3,5 MPa gacha, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi 
0,1 – 0,22 Vt/m

0
S (yoki (0,07-0,19 Vt/mK). U qator qimmatbaho qurilish 
xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi, sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va 
parmalanadi. Arbolit asosan kam qavvatli binolarda sovuq o‘tkazmaydigan maternial 
va devor materiali (kam o‘lchamli blok va panellar) sifatida, ko‘p qavvatli binolarda 
to‘siqlar, osma devor panellari va unchalik katta bo‘lmagan yuklama ostida 
ishlaydigan orayopma plitalarini materiali uchun qo‘llaniladi. 
Fibrolit plitalar yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani presslash usulida 
bajariladi. Yog‘och juni uskunalarida yog‘och chiqindilaridan tayyorlanadi. U
uzunligi 400-500 va eni 4-7 mm yupqa lentalar ko‘rinishiga ega. Sementli fibrolitda
yog‘och juni armatura bo‘lib xizmat qiladi. Fibrolit plitalarni ishlab chiqarish jarayoni 
murakkab emas va qo‘yidagi bosqichlardan iborat: portlandsementni suvda qorish, 
sement xamirini yog‘och juni bilan aralashtirish , massani qoliplarda presslash, 
kameralarda plitalarni bug‘latish, opalubkasini olish va plitalarni quritish va hokazo. 
Fibrolit plitalarning uzunligi 2400 va 3000, eni 600 va 1200 hamda qalinligi 30-150 
mm . Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250 dan 500 kg/m
3
gacha markalarga bo‘linadi, 
bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, 
issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 dan 0,1 Vt /(m

0
S) gacha. Sement-fibrolit plitalardan 
pardevorlar qilish uchun, devorlar va chordoq orayopmalarini isitish uchun 
foydalaniladi. 
Shu bilan birga qipiqli betonlar ham qurilishda keng ishlatiladi, bunda 
to‘ldiruvchi sifatida yog‘och qipiqlari va ba’zan tabiiy qum aralashmasi qo‘llaniladi. 
Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi. 
Yuqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq, 
yog‘och chiqindilari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 
chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 


101 
Bunday to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llashda sementning qotishi va 
gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur. 
Ular tarkibidagi vaqt o‘tishi bilan yuzaga keluvchi organik kislotalar va qandli 
moddalar betonning qotishini sekinlashtiradi, sement toshini yemirilishiga olib keladi. 
Shu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash kerak. 
Ayniqsa yog‘och chiqindilarini suvga solish, ohakda ekstrakt moddalarni neytrallash, 
kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling