5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
5 мавзу

Metallurgiya Shlаklari. 
O’zbekistonda har yili 130 ming тonna metallurgiya Shlаki hosil bo’ladi. 
Chiqindixonalardagi Shlаkning hajmi 1,3-1,5 мln. Tonnani tashkil etadi.
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga har yili katta miqdorda domna Shlаklari 
tashlanadi. Ya’ni po‘lat eritishda asosiy mahsulotdan tashqari 0,5-1 t Shlаk chiqadi. 
Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p miqdorda Shlаk 
chiqadi. SHu sababli Shlаklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli 
ikkilamchi mahsulot hisoblanadi. 
Metallurgiya Shlаklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan mahsulot narxiga 
ham ta’sir etadi, ya’ni Shlаklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko‘mish ortiqcha 
harajatga olib keladi.
Metallurgiya Shlаklarining kimyoviy tarkibi - jadvalda keltirilgan. 
Metallurgiya Shlаklarining kimyoviy tarkibi 
5.1- jadval 
Оksidlarning 
nomlanishi
SiO
2
CaO 
MnO 
Al
2
O
3
MgO 
Fe
2
O
3
Miqdori, %
30-40 
30-50 
10,0 
10-30 
10,0 
15,0 
Kimyoviy tarkibi bo'yicha Shlаk asosiy tarkibga mansub, chunki 
3
2
2
O
Al
SiO
MaO
CaO


>1 


95 
Shlаkning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek 
domna Shlаki sement sanoatida ham ishlatiladi. Uning bir qismi Shlаkli tola va 
quyilma buyumlar olishda ishlatiladi.
Beton uchun chaqiq toshni bevosita domna Shlаklaridan yoki chiqindixonalardagi 
eski Shlаklarini maydalab va navlarga ajratib olish mumkin. 
Domna Shlаklari asosidagi chaqiq toshning fraktsiyalari 5…20, 20…40 va 40…70 
mm, kub shaklidagi zarralar miqdori 90% ni tashkil etadi. 
Domna Shlаklari asosidagi chaqiq toshning silindrda maydalanish ko‘rsatkichi 
bo‘yicha to‘rtta markaga bo‘linadi:
Dr45- mustahkamlik chegarasi 20MPa dan past betonlar uchun; 
Dr35- mustahkamlik chegarasi 20-30MPa betonlar uchun; 
Dr25- mustahkamlik chegarasi 30-40MPa betonlar uchun;
Dr15- mustahkamlik chegarasi 40MPa va undan yuqori betonlar uchun ishlatiladi. 
Domna Shlаklari asosida chaqiq toshdan turli konstruksiyalar uchun yuqori 
mustahkamlikdagi betonlar olish mumkin. Metallurgiya sanoati rivojlangan 
hududlarda Shlаkli chaqiq tosh boshqa tabiiy tosh asosidagi chaqiq toshga nisbatan 
arzon bo‘lib, uni qo‘llash yuqori iqtisodiy samara beradi. 
Biroq Shlаklarda mavjud oltingugurt po‘lat armaturani yemirilishiga olib kelishi 
mumkin. Shu sababli Shlаkli chaqiq toshni temir-beton zo‘riqtirilgan armaturali 
konstruksiyalarda qo‘llashda maxsus tadqiqotlarga asoslanish kerak, agarda otingugurt 
miqdori 2,5% dan oshsa, u holda barcha turdagi konstruksiyalar uchun ishlatiladigan 
betonlar ustida maxsus tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. 
Og‘ir beton uchun Shlаkli chaqiq toshning uyilma zichligi 1000 kg/m
3
dan kam 
bo‘lmasligi kerak. Bu zich va mustahkam, qora hamda to‘q-kulrang rangdagi 
to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Domna Shlаkidan yuqori mustahkam zich to’ldiruvchi olish uchun ko’pincha 
ularni gazsizlashtirish talab etiladi. Buning uchun Shlаkli eritma tarkibiga maxsus 
qo’shimchalar qo’shiladi, shuningdek vibroishlov berish tavsiya etiladi.
Granullangan Shlаklar - suyuq qizib turgan metallurgiya Shlаklarini suv yordamida 
qayta ishlashda Shlаk eritmasi tez soviydi va uning granulyasiyasida - alohida mayda 
donalar zarrachalariga maydalanadi. Donalar strukturasi- amorf va shishasimon. 
Granullangan Shlаklar donadorlik tarkibiga ko‘ra yirik qumga mos keladi: uning 
donalari o‘lchami 0,6-5mm bo‘lib, yirikligi 2,5 mm bo‘lgan donalari umumiy tarkibda 
50%ni tashkil etadi. Ko’pincha yirik donalar (10mm gacha) uchraydi. 
Granullangan Shlаklarning uyilma zichligi keng chegarada o’zgaradi - 600 dan 
1200 kg/m
3
ga cha. Shlаkli eritmaning xossalari va granulyasiya texnologiyasiga ko’ra
zich yoki g‘ovak granullangan Shlаk olish mumkin. Granullangan Shlаklarning 
donalar orasidagi bo‘shliqlik yuqori bo‘lib, 60-70% gacha tashkil etadi. 
Granullangan domna Shlаki ko’pincha beton uchun to’ldiruvchi sifatida, 
shuningdek Shlаkoportlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. 


96 
Granullangan domna Shlаkini turli vazifa bajaruvchi betonlarda: yuqori 
mustahkam, konstruktsion-issiqizolyatsion, issiqqa chidamli va dekorativlarda 
ishlatish samarador ekanligi aniqlangan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling