5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja
Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
5 мавзу
Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Cho‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat g‘ovak ohaktoshlar va chig‘anoqlar, ba’zida krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi. Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m3 dan kam bo‘lgan va uylma zichligi 1000 kg/m3 gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 40-50%) olinadi, bu material O‘zRST 8267-93 tavsifi bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarga mansub. Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh bo‘laklarining sementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. 89 Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m3 ni tashkil etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari ham uchraydi - ohaktosh tufi ko’rinishida, uning zichligi 1400-1800 kg/m3 bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5 chi darajali zichligiga proporsional bo‘lib, bunda g‘ovaklik pemza, lava tuflari va vulqon tufiga nisbatan mustahkamlikning katta miqdorda pasayishiga olib keladi. Shuningdek, chig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6 chi darajada) bilan uning mustahkamligi yana ham ko’proq pasayadi, bu esa chig‘anoq donalarining kompakt bo‘lmagan holda joylashgani bilan izohlanadi. Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu sababli g‘ovak ohaktosh va chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m3 va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh va chig‘anoq zahiralari O‘zbekiston, Markaziy Osiyo, Ukraina, Moldaviya, Ozarbayjon va Rossiya’ning ba’zi viloyatlarida keng tarqalgan. Ulardan asosan massiv arralangan tosh materiallari olinadi. Ularning konlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi. Ba’zi rayonlarda g’ovakli chig‘anoqlar, ya’ni, bir-biri bilan sementlanmagan chig‘anoqlar va ularning siniqlari uchraydi. Bu material betonlar uchun bevosita to‘ldiruvchi sifatida yoki maydalab ishlatilishi mumkin. Cho‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolit ishlatiladi, ularni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m3, siqilishda mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Tuzilishi – pfhhfkb, maydag’ovakli. Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xalsedon ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan faol bog‘lanadi. Shuning uchun, bu to‘ldiruvchilarni sementli betonda qo‘llash xavfli, ular korrozion jarayonlarni keltirib chiqishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling