5-mavzu. Tabiy va sanoat chikindilari asosidagi govak toldiruvchilar. Reja


Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana13.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1354944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5 мавзу

Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, ularning zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir 
jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirishdan 
iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish printsiplari g‘ovak 
to‘ldiruvchilarga ham qo’llash mumkin. Biroq yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarning 
xususiyatlari, boshqa boyitish usullaridan foydalanishni talab etadi. 


90 
Suvli muhitda cho’ktirish o’rniga havo muhitida cho’ktirishni qo’llash mumkin. 
Buning uchun pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinalardan foydalaniladi, uning ishlash 
printsipi quyidagicha (rasm-5.1). Ventilyatordan uzatiladigan havo klapanlar sistemasi 
yordamida davriy ravishda mashina kamerasining u yoki boshqa tomoniga 
yo’naltiriladi natijada panjarada material qavatida pulsatsiya sodir bo‘ladi. 
Ko’tariladigan havo oqimi materialni ko’plab marta g’ovakladhtirishi natijasida
material qatlamlanadi, og’irroq zarralari pastga cho’kadi, yengillari yuqoriga 
ko’tariladi va u yerdan ajratib olinadi. Bir vaqtning uzida to‘ldiruvchilar changdan 
tozalanadi. 
Rasm-5.1. Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi: 
 
1-ventilyatorda havoni uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5- o‘ta
og‘ir donalarni saralash; 6- nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7-engil 
mahsulotlarning chiqishi; 8-changlangan havo. 
 
Og‘ir suvli suspenziyada to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada 
bajariladi. Bu uskuna (rasm- 5.2) quyidagicha ishlaydi. Filtr orqali havo qum 
qatlamiga to’xtovsiz uzatiladi va natijada qum “qaynaydi”. Qumning zichligi va 
yirikligi bo‘yicha kerakli zichlikdagi suspenziyaga moslab tanlanadi, bu yerda yirik 
g‘ovak to‘ldiruvchi bir qismi cho‘kadi, qolgani qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita 
sinfga ajratilgan yirik g’ovakli to‘ldiruvchi qum bilan birga olinib, elak (groxot) dan 
o‘tkaziladi. Qum yana uskunaga qaytariladi. 


91 
 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling