5 Mavzu: Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti


Download 57.7 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi57.7 Kb.
#1595110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ИТМ 5

1.Savollar va vazifalar


  1. Inson faoliyati va usul o’rtasida qanday bog’lanish mavjud? Misollar keltiring.

  2. Usul nima?

  3. Usulni samaradorlik (foydali) jihatlari nimalardan iborat? Izohlab bering.

  4. Tadqiqot jarayoniga usulni nima aloqasi bor?

  5. Usulning obyektiv va subyektiv jihatlarini ko’rsating?

  6. G.Galiley qanday usul yoki yondashuvni tanqid qilgan, o’zi qanday usuldan foydalanishni tavsiya qilgan?

  7. R.Dekart ishlab chiqqan usul qanday qoidalardan iborat?

  8. Qanday fizik kashfiyot usulga aylandi?

  9. Tadqiqot usulini tanlashda qanday metodologik qoidalarga rioya qilish kerak?

  10. Metodologiyani zarurligi nimadan kelib chiqdi?

  11. Metodologik mulohazalar predmetini izohlab bering?

  12. Qaysi davr yoki sharoitda metodologiya masalalariga diqqat-e’tibor kuchayadi.

  13. Tadqiqot usullari tasnifi nima?

  14. Har qanday tadqiqot oldiga qo’yilgan asosiy maqsad nimadan iborat?

  15. Empirik tadqiqot usullari nimalarni o’rganishga xizmat qiladi?

  16. Empirik va nazariy tadqiqotlar o’rtasida qanday bog’lanish mavjud?

  17. Kuzatish usulini ta’rifi, uni izohlab ,bering.

  18. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda qo’llaniladigan kuzatish usulini, uning o’ziga xos tomonlarini izohlab bering?

  19. O’lchash nimaga asoslanadi, qanday amalga oshiriladi?

  20. Taqqoslash usulidan foydalanilganda nimalar aniqlanadi?

  21. Tadqiqotda tavsiflash usulini roli, o’rni va ahamiyati nimadan iborat?

  22. Eksperiment nima? Unga berilgan ta’rifni izohlab bering.

  23. Empirik bilish usullari orasida eksperiment qanday ustunlikka ega? Misollar bila tushuntirib bering.

  24. Eksperiment qanday turlarga bo’linadi? Eksperiment turlari tasnifini izohlab bering.

  25. Eksperiment natijalarini tekshirish uchun qanday amallar bejariladi?

  26. Xayoliy eksperiment nimaga asoslanadi?

  27. Qanday vaziyatda matematik eksperiment o’tkaziladi?

  28. Kompyuterli eksperimentning asosiy unsurlari nimalardan iborat?

Kazus: Tadqiqotchi R.Avazov tanlangan mavzusi va o’rganayotgan muammosi bo’yicha respublikadagi eng tajribali mutaxassis bilan uchrashishni oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu mutaxassisdan oladigan ma’lumotlari tadqiqotchi uchun mavzuga oid «birinchi qo’l» deb ataladigan ma’lumotlarni olishga, ma’lumotni tashuvchi bilan psixologik aloqa o’rnatishga va shu orqali mavzu doirasiga kiruvchi dolzarb muammolarni aniqlashga imkoniyat yaratadi. Tadqiqotchi R.Avazov bu kabi tor doiradagi turli suhbatlarda o’zi ishtirok etishi mumkinligini tasavvur qilib, muammoli vaziyatga obyektiv va chuqur baho bera olish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkinligidan g’ururlanib qo’ydi. Ma’lumotlar bilan tanishish, ishlashning boshqa yo’llari ko’p bo’lsa ham tadqiqotchi o’zi uchun eng foydalisi, deb shu yo’lni tanladi.
Sizningcha tadqiqotchi tomonidan ma’lumotlar bilan ishlashning qaysi yo’li tanlandi va nima uchun u bu yo’lni eng foydali deb hisoblashi mumkin? Ma’lumotlar bilan ishlashning yana qanday yo’llari mavjud? Barchasiga izoh bering, afzallik va kamchiliklarini taqqoslang.

Download 57.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling