5 Mavzu: Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti
Metodologiya tushunchasi va tadqiqot usullari tasnifi
Download 57.7 Kb.
|
ИТМ 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchisiga
2.Metodologiya tushunchasi va tadqiqot usullari tasnifi
Ilmiy tadqiqot bilan shug’ulanadigan mutaxassis izlanish obyekti, predmeti, tadbiq qilinadigan usullar, uslubiy va konseptual vositalar to’g’risida mulohaza yuritadi. Bunday mulohaza metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi. Metodologik mulohazalarga bo’lgan ehtiyojni tadqiqotni ko’p bosqichli va ko’p tomonlama jarayonga ko’p bosqichli aylanishi, izlanish obyekti, obyektni tushuntiradigan g’oyalar va nazariyalarni tobora murakkablashib borishi, tadqiqot usulini roli va ahamiyatini ortib borishi taqozo etadi. Metodologiyani o’zini quyidagicha ta’riflash mumkin: metodologiya – insonning ilmiy va amaliy faoliyatini tashkil qilish, tadqiqot faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan usullar, ularning bilishdagi roli va ahamiyati, izlanishda vujudga keladigan nazariy va uslubiy muammolarning xususiyati haqidagi ta’limotdir. Tadqiqotda ma’lum mantiqiy qoidalar, tafakkur shakllari va usullaridan foydalaniladi. Bular orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilamiz, qayta ishlaymiz. U yoki bu usuldan foydalanish uslubiy faoliyatni bildiradi. Uslubiy faoliyat esa tadqiqot faoliyatini tarkibiy qismini tashkil qiladi. Oldingi bo’limda biz ilmiy tadqiqot va usul o’rtasidagi bog’lanish, usulni tadqiqotda amalga oshiradigan funksiyalari xususida mulohaza yuritdik. Aslida bunday mulohazalar metodologik mulohaza turiga kiradi. Metodologiyaning mazmuni, predmeti va vazifalarini chuqur anglashga yordam beradigan fan falsafadir. Falsafa metodologiyaning metanazariy asosidir. Ayniqsa, fan bir tarixiy tipdan boshqasiga, xususan, noklassik ilmiy bilish bosqichidan postnoklassik ilmiy bosqichga o’tish davrida tadqiqot obyekti, predmeti, tafakkur tarzi va boshqa tarkibiy qismlarda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlarga talqin berish, ularning mohiyatini ochib berish falsafani vazifasidir. Bundan tashqari falsafa metodologiya masalalari mazmuni, istiqboli, paradigmal yangilanishini tahlil qilib beradi, yangi falsafiy -metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi. Shunday qilib, tadqiqot metodologiyasi ilmiy bilish jarayonida bevosita tatbiq qilinadigan umumilliy va sohaviy usullar, yondashuvlar, ilmiy faoliyatni tashkil qilish shakllari va modellari, tadqiqot tuzilishi va samaradorligi masalalari bilan shug’ullanadi. Tadqiqot metodologiyasiga oid nazariy va amaliy bilish usullari, modellari va dasturiy loyihalarni o’rganish mutaxassislarni yangi ilmiy tamoyillar, ko’rsatmalar va izlanish vositalari bilan qurollantiradi. Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal va vertikal aloqalarga ega bo’lgan, cheksiz kataklardan iborat global golografik tuzilmani eslatadi. Tadqiqot obyekti, predmeti, qo’yilgan maqsad va ishlab chiqarishga tatbiq qilish xususiyatiga qarab bunday tuzilma bilish sohalari, tarmoqlari va yo’nalishlarga bo’linib ketadi. Ularni tasniflashda birinchi navbatda fundamental va amaliytexnologik fanlarni farqlaydilar. Fundamental fanlarda (metematika, fizika, umumiy sosiologiya va boshqalar) nazariy bilish usullardan, amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik, qishloq xo’jaligi fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – eksperimental usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega. Tatbiq qilish sohalariga qarab izlanish usullari 3 ta katta guruhga bo’linadi. Birinchisiga eng umumiy tadqiqot usullari-falsafiy izlanish usullari kiradi. Bular plyuralistik yondashuv, tanqidiy rasionalizm, dialektik, germenevtik, fenomenologik va boshqa falsafiy tadqiqot usullari bo’lib, ular nazariy tafakkurni yuqori qatlamlarida amal qiladi. Bu qatlamda ilmiy tadqiqot usullarini mohiyati, funksiyalari, o’zlariga xos xususiyatlari tahlil qilinadi, yangi g’oyalar va tamoyillarning nazariy va uslubiy mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi. Download 57.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling