5-mavzu: tafakkur va nutqning psixologik tavsifi. Tafakkur bilish jarayonlari tizimida. Tafakkur haqida tushuncha


Download 19.82 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi19.82 Kb.
#1316080
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu psixalogiya (1)

3. Tafakkur operasiyalari.
Tafakkur jarayoni insonning bilishga boʻlgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush toʻgʻrisidagi oʻz bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-obʼektini anglash, bilishi tafakkur jarayonining harakterli xususiyatidir. Odam oʻzi idrok qilayotgan narsalar toʻgʻrisida fikr qiladiyu Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi toʻgʻrisida fikr qiladi, yaʼni bular tafakkurning obʼekti boʻladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. Analiz – shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga boʻlgan munosabati aniqlanadi. Allomalarimizning taʼkidlashicha, maymunning yongʻoqni chaqishning oʻziyoq boshlangʻich, oddiy analizdir. Oʻquvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan koʻpgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni echadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan oʻzlashtirib olish analizdan boshlanadi.
Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta oʻrin tutadi. Masalan, savodga oʻrgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni soʻzlarga, soʻzlarni boʻgʻinlarga, boʻgʻinlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi.
Sintez - shunday tafakkur operasisidirki, biz narsa va hodisalaning analizda boʻlingan. Ajratilgan ayrim qismlarni, boʻlaklarni sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va boʻlaklarni bir butun qilib qoʻshishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi taʼrifdan koʻrinib turibdi. Analiz aqliy boʻlgani kabi sintez ham amaliy harakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi oʻz harf haritasigakeltirilgan xaflarni foydalanib, boʻgʻin, boʻgʻinlardan soʻz, soʻzlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undanesa hikoya to‘zadi.Analiz va sintez oʻzaro bevosita mustahkam bogʻlangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan boʻlsa, uni sintez qilib boʻlmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash – shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan obʼektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga oʻhshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX – XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quydagilarni taʼkidlagan: “ Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning oʻziga juda oʻxshash boʻlgan narsalardan tafovutini topingiz va uning oʻzida juda o‘zoq boʻlgan narsalar bilan oʻxshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz”
Narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻhshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat boʻlgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi boʻlib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning taʼlimdagi roli toʻgʻrisida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab koʻrish yoʻli bilan bila olmasak, boshqa yoʻl bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqni bilib olishimiz mumkin boʻlmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa toʻgʻrisida hech qanday fikr qila olmagan boʻlar edik.Abstraksiya – shunday tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim boʻlmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida obʼektdan ajratib olingan belgi, alomatning oʻzi tafakkurning mustaqil obʼekti boʻlib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini. Yaʼni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor toʻgʻrisida emas, balki devo‘rning oqligi toʻgʻrisida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yo‘ldo‘z, elektr, olov baʼzi planetalar, ayrim tosh va hokozalarning koʻz oʻngilarida yoritishni ko‘zata turib ularning bitta umumiy belgisini, yaʼni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish toʻgʻrisida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzagakeladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, ogʻirligiga, qiymatiga va shu kabi oʻxshash sifatlarga qarab taqqoslanadiAbstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatidan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish – tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, oʻhshash muhim belgilarning shu narsalar toʻgʻrisidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi boʻyicha yagona yoʻnalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga boʻlib oʻrganadilar. Shuningdek, maktab taʼlimini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish toʻgʻrisida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L. Rubinshteyn, V.V. Davidov tomonidan taʼlimda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A. Menchinskaya, D.N. Bogoyavlenskiylar ham nazariy. Ham amaliy usulni qoʻllashni tavsiya etmoqdala. Psixologiyada umumlashtirishning keng qoʻllaniladigan 2 turi: tushunchali umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan koʻproq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obʼektiv muxim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar ttopshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi.Psixologlar notoʻgʻri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tofovuti borligini hamisha taʼkidlab kelmoqdalar.
Konkretlashtirish- hodisalarni ichki bogʻlanish va munosabatlardan qaʼtiy nazar bir tomonlama taʼkidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolgʻiz obʼektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqeilik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa. Inson uni shunchalik oson anglab etadi. Insonlar dastavval tevarak-atrofni aniq belgilarga asoslanib, aniq holda aks ettiriganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega boʻlganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi boʻlib hisoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarning koʻrsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka obʼektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda koʻz oldimizga qor, qogʻoz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq boʻlgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, oʻlhoʻri, o‘zumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qoʻshamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chogʻida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning oʻzidir.Klassifikasiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga oʻhshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendeleevni “Elementlarning davriy tizimi” jadvali bunga misol boʻla oladi
Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki. Bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan oʻrniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa oʻtkazilishi, makoniy tizimga namuna boʻla oladi. Oʻtmishda boʻlib oʻtgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi boʻla oladi.

Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling