5-mavzu: tafakkur va nutqning psixologik tavsifi. Tafakkur bilish jarayonlari tizimida. Tafakkur haqida tushuncha


Download 19.82 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi19.82 Kb.
#1316080
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu psixalogiya (1)

4. Tafakkur shakllari.
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlai haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukumlar obʼektiv voqeilikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato boʻladi. Narsa va hodisalarda voqeilikda haqiqatan oʻzaro bogʻliq boʻlgan belgilar, alomatlar xukumlarda bogʻliq ravishda koʻrsatib berilsa yoki voqeilikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib koʻrsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini oʻtkazuvchidir. Metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini oʻtkazish qizdirilganda kengayish metallarga xos xususiyatdir.Moddiy olmda haqiqatdan bogʻliq boʻlmagan narsa hukmda bogʻliq qilib koʻrsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan hozir tashqarida yomgʻir yogʻayapti; er quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Xulosa chiqarish.
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bogʻlanishi natijasida hosil boʻlgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm boʻlib, ikkinchi hukm yakka hukm boʻladi.Keltirilgan misollardan koʻrinib turibdiki. Mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon boʻlgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchiechi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib koʻrishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr oʻrtasidagi shunday bogʻlanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchiechi hukm keltirib chiqaradi.
Xulosa chiqarish uch turga boʻlinadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga oʻtiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni oʻrganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini oʻtkazadi, poʻlat elektr tokini oʻtkazadi. Mis elektr tokini oʻtkazadi, ruh elektr tokini oʻtkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki jo‘zʼiy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini oʻtkazadi.

Download 19.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling