5-mavzu: Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarini qo‘llash. Reja


Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar)


Download 0.49 Mb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1471762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-мавзу

6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan subyektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim.
Jumladan:



Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarini qo‘llashga
qo‘yiladigan talablar

Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchi-talabalar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, shuningdeq o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.


Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur.
Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi:
- guruhni shakllantirish;
- mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
- rollarni taqsimlash,
- o‘yin reglamentini o‘rnatish;
- materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;
- maslahat berish
O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘libilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning talabalar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdeq quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling