5-mavzu: ta`lim mazmuni. Reja
Download 215.22 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test xulosasi
- O’qitishning reproduktiv metodini qachon qo’llash mumkin
- Muammoli ta’lim nima Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin
- Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo’llaniladi
Pedagogik test:
1. Faraz qiling: Siz teatrda o’tiribsiz. Teatr artistlari o’z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etishmoqda. Siz bexosdan qarsak chalib, «bravo»-deb xitob qilganingizni ham sezmay qoldingiz. Xitobingizni qarsak bilan tasdiqlamoqdasiz. Qarsak chalish jarayonida qaysi panjangiz yuqorida joylashganiga e’tibor qiling. Agar, masalan, o’ng panjangiz yuqorida joylashgan bo’lsa, unda biron varoqqa «O’» deb belgilab qo’ying, yoki aksincha chap panjangiz yuqorida joylashgan bo’lsa «Ch» deb belgilang. 2. Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda qo’llarini chalishtirib mushohada qilishni yoqtirar edi. Faraz qiling: Siz ham chuqur o’yga cho’mdingiz, yoki kimnidir kutmoqdasiz. Shu paytda qo’llaringizni chalishtirdingiz. Bunda qaysi qo’lingiz dominantalik qilmoqda? Masalan, chap qo’lingiz o’ng qulingizning ustida joylashgan bo’lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha. 3.Ma’ruzaga kechikkan talaba ko’p hollarda eshik tirqishidan mo’ralaydi. Shunday vaziyatlarda Sizning qaysi ko’zingiz dominantalik qiladi? «Ch» yoki «O’» ekanligini belgilang. Test xulosasi: Varoqdagi «O’» yoki «Ch» harflarining belgilanishiga qarab, insonning chap yoki o’ng miya yarim sharlari faoliyatini aniqlash mumkin. Ma’lumki, insonning o’ng qo’li, o’ng ko’zi, ung oyog’i va boshqa o’ng tomonlari xatti-harakati uchun chap miya yarim shari javob beradi va aksincha. Masalan, Sizning javoblaringizda «Ch» harfi ko’p belgilangan bo’lsa, unda Sizning o’ng miya yarim shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha. O’qitishning reproduktiv metodini qachon qo’llash mumkin? Bu usullar o’quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o’quvchilarning o’quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi. Reproduktiv usullar - o’quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo’lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, o’quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo’q bo’lsa samarali qo’llanadi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o’quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi. Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin? Muammoli deyilganda o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi. O’quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday ta’lim o’quvchi uchun muammolidir. O’quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati o’quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o’tganlar. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o’quvchining zerikmasligini, zo’riqmasligini ta’kidlagan. Muammoli vaziyatda: o’quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; o’quvchilarda bilishga qiziqish o’yg’otish; tahlil jarayonida o’quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. Ta’lim jarayonida o’qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo’llaniladi? Ayniqsa deduktiv o’qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi. Induktiv usullar texnik qurilmalarni o’rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo’llaniladi. Deduktiv usul o’quv materialini tezroq o’tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. Nazariy materialni o’rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo’llash ayniqsa foydalidir. Download 215.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling