5-mavzu: ta`lim mazmuni. Reja
Download 215.22 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-Mavzu: TA`LIM METODLARI VA VOSITALARI REJA
- Tayanch so`z va iboralar
- Metod
- Yangi mavzu
Savol va topshiriqlar
1.Ta’lim mazmuni deb nimaga aytiladi? 2. Ta’lim mazmunini belgilashga doir qanday yondashuvlar mavjud? 3. Kompetentsiyaviy yondashuv deganda nima tushiniladi? 4. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillariga izoh bering. 5. Ta’lim mazmunini loyihalashda qanday mezonlarga asoslanish lozim? 6. Davlat ta’lim standarti nima va u qanday komponentlardan iborat? 7. Tayanch o’quv rejasiga izoh bering. 8. O’quv dasturida qanday masalalar o’z aksini topadi? 9. O’quv-metodik majmua nima va u o’z ichiga nimalarni qamrab oladi? 10.Mutaxassislik fani bo’yicha umumiy o’rta ta’lim davlat standartlari bilan guruhda tanishib chiqib uning mohiyatini qisqacha izohlang. 11. Mutахаssislik fаni bo`ychа dаrsliklаr bilаn tаnishib chiqing. quyidаgi sаvоllаr bo`ychа uni tа’riflаb bеring: а) dаrslikdа kitоbning mаzmuni, mаqsаd vа vаzifаlаri; b) kirish so`zining mаvjudligi; v) kitоb bilаn ishlаsh dаvоmidа o`quvchilаrni fаоllаshtirish yo`lidа fоydаlаnilgаn usullаr; g) kitоbning ko`rgаzmаli mаtеriаllаri, ulаrning dаrslik mаtni bilаn bоg`lаngаnligi; d) pаrаgrаf yoki bo`lim охiridа rеzyumе yoki хulоsаlаrning mаvjudligi; j) kitоbning tаshqi ko`rinishi (qоg`оzi, shrifti, аsmlаri, muqоvаsi). 6-Mavzu: TA`LIM METODLARI VA VOSITALARI REJA: 1. Ta’lim metodlari haqida tushuncha. 2. Uslub va vositalar, ularning mohiyati. 3. Ta’limning og’zaki, ko’rgzmali, amaliy metodlari. 4. O’qitishning reproduktiv va muammoli izlanish, induktiv-deduktiv usullari. Tayanch so`z va iboralar Metod, uslub, vosita, ta’lim metodi, /usul/ og`zaki usul, hikoya, suhbat, ma’ruza, illyustratsiya, demonstratsiya, ekskursiya usuli, yozma mashq, laboratoriya ishlari, muammoli usul, reproduktiv usul, muammoli vaziyat yaratish, induktiv usul, deduktiv usul, o’quv faoliyatini rag`batlantirish, tanbeh berish, og`zaki nazorat Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshq. O’tilgan «Ta’lim tamoyillari» mavzusida biz quyidagi tayanch iboralarga asoslanib mavzuni idrok etgan edik: Qonuniyat; ta’lim qoidasi; ta’limning ilmiyligi, tizimliligi; ta’limda faollik va boshqalar. Topshiriq: 1. Ushbu tushunchalarning mohiyatini ochib bering. 2. Ta’lim tamoyillarining mazmunini izohlab bering. Yangi mavzu: Ta’lim vetodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Ta’lim usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Ta’lim usullari har ikkala faoliyatning a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, b) o’quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Ta’lim berish o’qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo’lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o’z o’rnida foydalaniladi. «Mеtоd» so`zining yunоnchа tаrjimаsi «tаdqiqоt, usul, mаqsаdgа erishish yo`li» kаbi mа’nоlаrni аnglаtаdi. Filоfоsiya sifаtidа ushbu tushunchа umumiy tаrzdа «mаqsаdgа erishish usullаri»1 dеya shаrhlаngаn. Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo’llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o’zaro bir-biriga bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Masalan, o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq manbasiga ko’ra amaliy metod hisoblansa, uni qo’llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o’qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko’rsatish (2-usul), o’qituvchining namunasi asosida o’quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o’quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o’quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 14.chizma Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilarining bilim saviyasi, o’zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo’llaniladi: ta’limning og’zaki metodi; ta’limning amaliy ishlar metodi; ta’limning ko’rgazmali metodi; muammoli evristik modellashtirish metodi; - o’qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi; o’qitishning induktiv va deduktiv metodi; o’qitishda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi; o’qitishda nazorat va o’z-o’zining nazorat qilish metodi. Metodlar o’z navbatida guruhlarga bo’linadi. Ta’lim metodlarini solishtirib o’rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-Chizmadan foydalanamiz (uning mohiyati va qo’llanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan)
15. chizma Download 215.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling