5-mavzu: ta`lim mazmuni. Reja
Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?
Download 215.22 Kb.
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor
Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?
1. Ta’limga qiziqishni ragbatlantirish metodi. 2. Ta’limga burch va mas’uliyatni rag’barlantirish metodi. O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli rag’batlantirish o’qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. Rag’batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri o’qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir. Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rag’batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi. O’qishga doir tanbehlar dars paytida, og’zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko’rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi. Maktabda o’quvchiga tan jazosi berish, o’zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas. Ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor? Ogzaki nzorat va o’z-o’zini nazorat qilish. Yozma nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish . Laborotoriya - amaliy nazorat va o’z-o’zini nazorat. Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi). O’qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o’quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi. Nazorat maktabdagi o’qitish jarayoniga xos bo’lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo’lamiz. Og’zaki nazorat - yakka va guruhiy so’rash yo’li bilan amalga oshiriladi. Alohida so’rashda o’qituvchi ma’lum vaqt davrida o’quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O’quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi. Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to’la dars davomida yozma ishlar o’tkaziladi. Yozma nazoratda baholar ob’ektiv bo’lishi va o’quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O’z - o’zini nazorat qilish o’quvchilarning o’quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi. Ta’lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo’lida ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. An’anaviy ravishda qo’laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o’quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. axborot vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi. Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog’liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o’quv qo’llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo’lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo’llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o’zida o’quvaxborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o’quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko’rsatuvlar. Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar Download 215.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling