5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja
Download 153.76 Kb.
|
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)
Aqliy tarbiya- Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o‘rgatish zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi etarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Bularning hammasi dars vaqtida amalga oshirib borishi aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, malakasini hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi.
Aqliy tarbiyasi etuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas», - deyiladi. Ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlaridan biri aqliy tarbiya sanaladi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o’rin tutadi Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, moyillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: Hadislarda “Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir”, “Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir”, - deyiladi. A.Navoiy “Farhod va SHirin” dostonidan Farhodni idrokli, bilimli, hunarli, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli shaxs sifatida tasvirlaydi. Dunyoqarash - bu ob’ektiv dunyo va uning tarkibidagi odamning o‘rni, odamlarning o‘zlarini va o‘zlarini o‘rab turgan voqelikka bo‘lgan munosabati, shuningdek, ularning qarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan e’tiqodlari, ideallari, bilish tamoyillari va faoliyati to‘g‘risidagi umumiy qarashlar tizimi. Dunyoqarash dunyoqarashga asoslangan, ya’ni. dunyo haqida ma’lum bilimlar to‘plami. Dunyoqarashning eng muhim tarkibiy qismlari: a) bilimlar tizimi, b) qarashlar, c) e’tiqodlar, d) shaxsning ideallari. Bilim dunyoqarashning ob’ektiv tarkibiy qismi sifatida insonning tavsiflovchi-tasdiqlovchi fikri ko‘rinishidagi ilmiy haqiqatlar tizimidir. Ilmiy bilimlarni egallash ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Download 153.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling