5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


Download 153.76 Kb.
bet14/18
Sana03.12.2023
Hajmi153.76 Kb.
#1801715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)

Estetik tarbiya (lot. “estezio” go’zallikni his etaman) shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rganish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni

Nafosat tarbiyasi axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa va tasviriy san’at darslari, adabiyot kabi fanlarning o‘qitilishi estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish vositasi hisoblanadi.



Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya)ning maqsadi
shaxsning voqelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat



Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iborat:



Oilada va ta’lim muassasalarida nafosat tarbiyasini tashkil etish orqali o‘quvchilarda estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik his-tuyg‘u, estetik did, estetik mulohaza, estetik ong, estetik ideal, estetik qarash hamda estetik faoliyat ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Estetik qiziqish – shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishi.
Estetik ehtiyoj – shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omil (ichki intilish).
Estetik his-tuyg‘uinsonning voqelikka, kishilarga, o‘z faoliyatiga nisbatan munosabati.
Estetik did – estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy me’yorlar yig‘indisi orqali shakllanib, shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa.
Estetik mulohaza – shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati.
Estetik ideal – sub’ekt bilan ob’ekt, inson bilan ijtimoiy butunlikning tarixan eng to‘liq uzviy birligi bo‘lib, bu birlik tub maqsadlar sifatida inson ijodiy kuchlarining erkin va har tomonlama rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.

Download 153.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling