5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja
Download 153.76 Kb.
|
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)
Ishlab chiqarish mehnati ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda to‘garaklar negizida ishlab chiqarish mehnati tashkil etiladi. Masalan, hunarmandchilikning turli ko‘rinishlari – duradgorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, qashtachilik, do‘ppido‘zlik, kulolchilik, yumshoq o‘yinchoqlar va dekorativ buyumlar yasash hamda boshqalar. To‘garaklarda o‘quvchilar tomonidan yasalgan buyumlar – mehnat mahsulotlarini shartnomaga ko‘ra yoki ko‘rgazmalar tashkil etish orqali ulgurji savdoni tashkil etishdan topilgan moddiy mablag‘ to‘garak faoliyatini yanada takomillashtirish, tg‘garak a’zolari uchun qulayliklar yaratish, xom-ashyo sotib olish kabilarga sarflanadi.
SHu bilan birga ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish mehnati o‘quvchilarning hissiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Ularda o‘z-o‘zga bo‘lgan ishonch, o‘z mehnati mahsulidan zavq olish, narsa va buyumlarni estetik baholash qobiliyati shakllanadi. Jamoa hamda jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega ekanliklarini anglaydilar, malakalari oshayotganligidan g‘ururlanadilar. Mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash kabi ijobiy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zining va o‘zgalarning qadrini biladi. O‘zbek xalqi bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. O‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo‘lganlar. O‘zR Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni, bu narsa ularning sobitqadam, g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir”. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlari kerak. Download 153.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling