5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja
SHaxs rivojlannshida jismoniy va estetik tarbiya -
Download 153.76 Kb.
|
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya
SHaxs rivojlannshida jismoniy va estetik tarbiya - O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy, jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha yondashish, ularni samarali tashkil etish yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir.
Jismoniy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayon Texnologiyalashgan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda. Abu Ali ibn Sino jismoniy harakat (tarbiya)ning shaxs shakllanishidagi rolini yuqori baholab, “o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish” samarali ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Abdulla Avloniy ham jismoniy tarbiyaning insonni har tomonlama kamolga etkazishda o‘ziga xos o‘rin tutishini aytib o‘tadi: “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. CHunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz vujud kerakdir”. Pedagogik yondashuvga ko‘ra didaktik o‘yinlar bilan bir qatorda ularning jismoniy faolliklarini oshirishga xizmat qiluvchi harakatli o‘yinlar ham maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshi bolalarining jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishlariga katta yordam beradi. 6 Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta’minlovchi qo‘shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog‘langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarni quyosh, suv va havo vositalarida chiniqtirishga alohida e’tibor qaratish lozim. O‘quvchilarning jismonan chiniqishlarida dam olish (jumladan, to‘yib uxlash) va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga e’tibor qaratish lozim. Turli yoshdagi o‘quvchilarda jismoniy madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga egaliklarini ular shaxsida quyidagi holatlarning aks etishi bilan aniqlash mumkin: 1) jismoniy harakat ko‘nikmalariga egalik; 2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi; 3) jismoniy kamolotning aks etishi; 5) o‘quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va undan namuna olish yo‘lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi. Estetik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Download 153.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling