5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja
Download 153.76 Kb.
|
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchunchi bosqich
- To‘rtinchi bosqich
Birinchi bosqich: O‘quvchilar bilan ishlashning boshlang‘ich davrida hali jamoa tuzilmagan, sinf faollari ajralib chiqmagan, tarkib topmagan bo‘lib, bu davrda jamoaning o‘quvchi oldiga qo‘yadigan talabi ham mavjud bo‘lmaydi, har bir o‘quvchi faqat o‘zi uchun javob beradi, o‘quvchilar hali o‘z o‘rtoqlari oldiga talab qo‘ya olmaydilar. Bu bosqichda o‘qituvchining asosiy vazifasi jamoa orasidan faollarni tanlab olishdir.
Ikkinchi bosqich: o‘qituvchilarning faollar bilan ish olib borishi, faol o‘quvchilarni jipslashtira olishi, ularni ishlashga jamoa ishining tashkilotchilari bo‘lishiga o‘rgatishi bilan xarakterlidir. Buning uchun tez-tez faollar yig‘ilishni o‘tkazib turish, faollar yig‘ilishlari, muhim masalalar yuzasidan seminarlar o‘tkazib turishi muhim. Bu bosqichda o‘qituvchining asosiy vazifasi—faollarni jamoa a’zolari bilan ishlashga o‘rgatish, boshlang‘ich jamoalarni mustahkamlashdan iboratdir. Uchunchi bosqich: jamoa hayotining, jamoa munosabatlarining tarkib topishi jamoaning shaxsga ta’sir ko‘rsatish davri bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda o‘qituvchi va faollarning talablarini ko‘pchilik o‘quvchilar quvvatlaydigan bo‘ladi. O‘qituvchi shaxsga boshlang‘ich jamoa orqali ta’sir ko‘rsatadi. Bu xilda ta’sir ko‘rsatish natijasida shaxs ham ,jamoa ham tarbiyalanadi. Demak, shaxsning jamoaga, jamoaning esa shaxsga bo‘lgan tarbiyaviy ta’sir kuchi rivojlanadi. Bunday usulni A. S. Makarenko parallel pedagogik ta’sir ko‘rsatish, deb atagan edi. To‘rtinchi bosqich: bu bosqich uchinchi bosqichning qonuniy davomi hisoblanadi. Bu bosqichdan pedagogik vazifalar murakkablashadi. Jamoaning alohida shaxsga ta’sir ko‘rsatishi doirasi ancha kengayadi, har bir o‘quvchining normal va ijtimoiy xatti-harakatiga qo‘yiladigan talablar ko‘payadi. Bu bosqichda jamoa muhokamasiga barcha masalalarni jumladan, intizom, o‘zlashtirish, davomat, turmush masalalarini qo‘yish mumkin, shu bilan birga, bunda nojo‘ya qiliqlarning o‘zinigina emas, balki ularni keltirib chiqargan sabablarini ham ko‘rib chiqish mumkin. Bolalar jamoasini taraqqiy ettirishning bu yuksak bosqichida butun jamoa ayrim-ayrim shaxsga talablar qo‘yadi. Jamoa va shaxs faqat tarbiya sub’ekti bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga, tarbiya ob’ekti ham hisoblanadi. Download 153.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling