5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari reja


Download 153.76 Kb.
bet15/18
Sana03.12.2023
Hajmi153.76 Kb.
#1801715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
5-Мавзу TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI (6)

Estetik qarash – estetik ongning g‘oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimi.
Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baho baholay olish imkonini beruvchi his-tuyg‘ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli.
Estetik faoliyat ko‘nikmalari – estetik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida amalga oshiriladigan xatti-harakat ko‘nikmalari.
SHaxs o‘zi ega bo‘lgan estetik ongi va estetik faoliyat ko‘nikmalariga tayangan holda predmet, buyum, voqelik yoki hodisaning qiymati va kamchilik-nuqsoni haqida hukm chiqara oladi, estetik baholaydi.
Estetik tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi: 1) o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 2) ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish. 7
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o‘quvchilarda quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi: estetik bilimlarning tarkib topganligi; estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish; estetik tuyg‘uning rivojlanganligi; ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etishi; go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; estetik idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish.
Estetik tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. SHu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumanlarda yosh avlodni go‘zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra olishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi, insondagi xulqiy go‘zallikni qadriga etishga undaydi.
Alisher Navoiy o‘zining “Farhod va SHirin” dostonida SHirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. SHirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. SHirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Estetik faoliyat har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san’at, musiqa, xoreografiya to‘garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonning asosiy shakli - Pedagogika fani o‘quvchilar jamoasini tuzish va uni tarbiyalash ishini komil inson tarbiyasining eng asosiy nazariy hamda amaliy muammosi deb qaraydi.
O‘quvchilarni jamoa orqali va jamoa uchun tarbiyalash tarbiya nazariyasining asosiy shakllaridan biridir.
Jamoa deb, ma’lum bir shakldagi, ma’lum bir yoshdagi maqsadlari ijtimoiy manfaatga qaratilgan va shakllangan kishilar uyushmasi tushuniladi.
O‘quvchilarning bir xilda uyushishlari natijasida jamoaning barcha a’zolari butunlay teng hamda jamoa oldida bir xilda mas’uliyatli bo‘lganlari holda bir-birlari bilan ma’lum darajada o‘zaro bog‘lanishlik, bo‘ysunish va bir-biriga rahbarlik qilish munosabatiga kirishadilar va buning mohiyatini anglaydilar. O‘quvchilar jamoasi o‘quvchilarning mustaqil tashkilotidir. Jamoaning faoliyati bolalarning ma’lum bir maqsadni ko‘zlab harakat qilishi, ular tashabbuskorligi, faolligi bilan belgilanadi.
O‘quvchilar jamoasining katta yoshdagi kishilar jamoasidan farqi, ularning ish faoliyati romantika, ta’sirchanlik, har xil o‘yin elementlari singdirilgan holda olib borilishidir.
O‘quvchilar jamoa ta’sirida siyosiy, madaniy va axloqiy jihatdan tarbiyalanadilar. Bunda o‘quvchilarda bir-birlariga mehribonlik, o‘zaro yordam, faqat o‘zi to‘g‘risidagina emas, balki boshqalar to‘g‘risida ham o‘ylash, jamoa manfaatlarini o‘z shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo‘ya bilish kabi fazilatlar tarkib topadi.
Kichik maktab yoshi davrida o‘quvchilarning umummaktab jamoasi bilan aloqasi muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘quvchi maktab jamoasiga o‘z boshlang‘ich jamoasi - sinf orqali kiradi. Biroq ,har bir sinf mazkur umummaktab jamoasi bilan aloqador bo‘lgani holda unda turlicha o‘zini tutadi. Bolalar jamoasi I-II sinflardayoq paydo bo‘ladi.
Jamoani tarbiyalashda, ayniqsa, jamoaga beriladigan individual topshiriqlar muhim o‘rinni egallaydi. SHuningdek, ular oldiga bir xil pedagogik talablar qo‘yilishi ham katta ahamiyatga egadir. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar birinchidan, har bir o‘quvchining yoshidan qat’iy nazar, ularga samimiy hurmat yuzasidan bo‘lishi lozim. Ikkinchidan o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar aniq, konkret va muntazam—istiqbolli bo‘lishi shart.
Uchinchidan, o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar ularning yoshiga mos, aniq va bajarishlari uchun imkoniyatli bo‘lishi zarur.

Download 153.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling