5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.Kvadratlar cho‘qqilarining tabiiy belgilarini aniqlash.
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash Kvadrat cho‘qqilarining loyiha (reja) va ishchi belgilarini aniqlash. Nol chizig‘i o‘rnini aniqlash.O’yilma va ko‘tarma hajmlarini hisoblash.O’yilma va ko‘tarma qiyaliklaridagi grunt hajmini hisoblash. Kirish Qurilish maydoni berilgan reja belgisi asosida yoki o‘yilma va ko‘tarmadagi grunt hajmlarini tenglash (nol balansi) asosida tekislanishi mumkin. Bundan tashqari maydon ma’lum nishablikda tekislanishi ham mumkin. Maydonni berilgan reja belgisi asosida takislashda o‘yilma hajmi ko‘tarmadan yoki ko‘tarma hajmi o‘yilmadan ortib ketadi. Bu xolda yetishmagan gruntni tashib kelishga yoki ortiqcha gruntni maydondan tashqariga chiqarishga to‘g‘ri keladi. Maydonni nol balansi asosida tekislaщda esa hisob yo‘li bilan shunday reja belgisi tanlanadiki, natijada o‘yilma va ko‘tarma hajmlari bir-biriga teng bo‘ladi. Bu usul maydonni tekislashda eng tejamli hisoblanadi, chunki o‘yilmadan olingan ja’mi grunt ko‘tarmaga yotqiziladi. 5.1.Kvadratlar cho‘qqilarining tabiiy belgilarini aniqlash. Kvadratlar cho‘qqilarining tabiiy belgilarini aniqlash uchun dastlab gorizontallar bilan berilgan maydon tomonlari 10... 100 m bo‘lgan kvadratlarga bo‘lib chiqiladi (1-rasm). Kvadratlar tomonlarining o‘lchami joy relefiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi. Joy relefini aniq aks ettirish uchun har bir kvadratdan bitta- ikkita gorizontal o‘tishi kerak. Agar maydon o‘lchami kvadratlar to‘riga mos kelmasa, u xolda maydon uzunligi va kengligi bo‘yicha taqsimlanib bir xil o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchaklar to‘ri hosil qilinadi. Bu usul o‘yilma va ko‘tarma hajmlarini hisoblashda to‘rt yoqli prizmalar usuli deyiladi. Kvadrat cho‘qqisining tabiiy belgisi (N t ) 2-rasmga asosan quyidagicha aniqlanadi: Н т = Г 2 + ℎ; ℎ = 𝑏(Г 1− Г 2 ) 𝑎 ; u holda 𝐻 т = Г 2 + 𝑏(Г 1 −Г 2 ) 𝑎 . (5.1) a va b ning qiymati masshtab asosida o‘lchab aniqlanadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling