5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1012040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash



5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash 
Kvadrat cho‘qqilarining loyiha (reja) va ishchi belgilarini aniqlash. Nol chizig‘i o‘rnini 
aniqlash.O’yilma va ko‘tarma hajmlarini hisoblash.O’yilma va ko‘tarma qiyaliklaridagi 
grunt hajmini hisoblash. 
Kirish 
Qurilish maydoni berilgan reja belgisi asosida yoki o‘yilma va ko‘tarmadagi 
grunt hajmlarini tenglash (nol balansi) asosida tekislanishi mumkin. Bundan tashqari 
maydon ma’lum nishablikda tekislanishi ham mumkin. 
Maydonni berilgan reja belgisi asosida takislashda o‘yilma hajmi 
ko‘tarmadan yoki ko‘tarma hajmi o‘yilmadan ortib ketadi. Bu xolda yetishmagan 
gruntni tashib kelishga yoki ortiqcha gruntni maydondan tashqariga chiqarishga 
to‘g‘ri keladi. 
Maydonni nol balansi asosida tekislaщda esa hisob yo‘li bilan shunday reja 
belgisi tanlanadiki, natijada o‘yilma va ko‘tarma hajmlari bir-biriga teng bo‘ladi. Bu 
usul maydonni tekislashda eng tejamli hisoblanadi, chunki o‘yilmadan olingan ja’mi 
grunt ko‘tarmaga yotqiziladi. 
5.1.Kvadratlar cho‘qqilarining tabiiy belgilarini aniqlash. 
Kvadratlar cho‘qqilarining tabiiy belgilarini aniqlash uchun dastlab 
gorizontallar bilan berilgan maydon tomonlari 10... 100 m bo‘lgan kvadratlarga 
bo‘lib chiqiladi (1-rasm). Kvadratlar tomonlarining o‘lchami joy relefiga bog‘liq 
ravishda qabul qilinadi. Joy relefini aniq aks ettirish uchun har bir kvadratdan bitta-
ikkita gorizontal o‘tishi kerak. Agar maydon o‘lchami kvadratlar to‘riga mos 
kelmasa, u xolda maydon uzunligi va kengligi bo‘yicha taqsimlanib bir xil o‘lchamli 
to‘g‘ri to‘rtburchaklar to‘ri hosil qilinadi. Bu usul o‘yilma va ko‘tarma hajmlarini 
hisoblashda to‘rt yoqli prizmalar usuli deyiladi. 
Kvadrat cho‘qqisining tabiiy belgisi (N
t
) 2-rasmga asosan quyidagicha 
aniqlanadi: 
Н
т
= Г
2
+ ℎ; ℎ =
𝑏(Г
1−
Г
2
)
𝑎
; u holda 𝐻
т
= Г
2
+
𝑏(Г
1
−Г
2
)
𝑎
. (5.1) 
a va b ning qiymati masshtab asosida o‘lchab aniqlanadi. 



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling