5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash


II-bo‘lim. Berilgan hududni vertikal rejalashtirish


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1012040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash

II-bo‘lim. Berilgan hududni vertikal rejalashtirish 
5.5. Vertikal rejalashtirish sxemasi 
Shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan hududning 
tabiiy relefi ko‘p hollarda loyihalash, qurish va obodonlashtirishning 
talablarini yetarli darajada qoniqtirmaydi. Tabiiy relefni ma’lum bir talablarga 
moslashtirish vertikal rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi. 
Vertikal rejalashtirish – bu joyning mavjud bo‘lgan relefini sun’iy 
tarzda o‘zgartirishdir. Vertikal rejalashtirish shahar hududlarini injenerlik 
jihatdan tayyorlash va obodonlashtirish bo‘yicha muhim bo‘lgan tadbirlardan 
biri deb hisoblanadi va uni albatta amalga oshirish zarurdir. 
Shunday qilib, vertikal rejalashtirishning asosiy maqsadi qurilish va 
injenerlik obodonlashtirish talablarini qoniqtiradigan shahar hududlarini 
yaratishdan iboratdir. Shahar hududlarini vertikal rejalashtirish binolar va 
inshootlarni joylashtirish, ko‘chalar va o‘tish joylarini o‘tkazish hamda yer 
osti muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun yaxshi sharoitlarni yaratish 
demakdir. 
Vertikal rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
1. Shahar hududlaridan yer usti suvlari ya’ni yomg‘ir, qor va muz 
erishidan hosil bo‘ladigan suvlar oqizilishini tashkil etish. 
2. Hamma turdagi transport vositalari hamda piyodalarning xavfsiz va 
qulay harakatlanishi uchun ko‘chalar, maydonlar va chorrahalarning yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nishabligini ta’minlash. 
3.Binolarni joylashtirish va yer osti muxandislik tarmoqlarini o‘tkazish
uchun qulay sharoitlarni yaratish. 


4. Noqulay fizik- geologik jarayonlar (hududlarni suv bosishi va 
ularning yer osti suvlari ta’sirida cho‘kishi, yer sirtida yoriqlar hosil bo‘lishi) 
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hollarda relfni qulayligini tashkil etish. 
5. Relefga mumkin qadar me’moriy ko‘rkam shakl berish. 
Loyihalanayotgan (rejalashtirilayotgan) hudud yuzasini shunday 
belgilash kerakki, natijada mavjud bo‘lgan relef, go‘zal va nozik o‘simliklar 
hamda ko‘kalamzorlar, hosildor tuproq qatlamini maksimal saqlab qolishga 
erishilsin. Shuning uchun vertikal rejalashtirish shahar ko‘chalari, yo‘llari 
o‘tgan va maydonlar joylashgan hududlarda, shuningdek, binolar va 
inshootlar qurilishi uchun mo‘ljallangan uchastkalarda olib boriladi. 
Hududning rejaviy belgilanishi ya’ni hududni rejaviy rejalashtirish 
belgilarini o‘rnatish yer ishlarining minimal hajmidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi, bunda nolli balans, boshqacha qilib aytganda, qurilish vaqtida 
tuproq olinadigan va tuproq to‘ldiriladigan qismlarning tenglashishi hisobga 
olinadi.
Shaharning eng baland qismi va uning elementlari yechimining birinchi 
bosqichi bu vertikal rejalashtirish sxemasini tuzish demakdir. Vertikal 
rejalashtirish sxemasi shahar yoki turar-joy tumani bosh rejasiga kiritilgan 
geodezik o‘lchash (топосёмка) ishlari asosida ishlab chiqiladi. Vertikal 
rejalashtirishning bu bosqichida kichik tumanlar va shahar boshqa 
elementlarining umumiy balandlik bo‘yicha joylashishining asosiy, eng 
maqsadga muvofiq yechimlari, tashqi suvlarni (atmosferadagi qor–yomg‘ir 
suvlari) oqizilishini tashkil etish va shahar ko‘chalari hamda yo‘llarini 
o‘tkazishda aniqlanadi. 
Vertikal rejalashtirishning sxemasini tuzish vaqtida ko‘chalar 
o‘qlarining chorrahadagi kesishish nuqtalarida va relefning ko‘chalar trassasi 


bo‘yicha keskin o‘zgargan joylarida loyihaviy (qizil) belgilar va ko‘chalar 
orasidagi loyihaviy bo‘ylama nishabliklar aniqlanadi (7- rasm). 
Ikki nuqta orasidagi bo‘ylama nishablik (i
bo’ylama
) deb mazkur nuqtalar 
belgilari farqining (

h) ular orasidagi gorizontal masofa (

)ga nisbatiga 
aytiladi: 
𝑖
bo'ylama
=
𝛥ℎ

(5.11) 
Nishablarning qiymatlari kasr sonlar yoki foizlarda aniqlanadi (0,004; 
0,02; yoki 0,4 %; 0,2 %). Bir qator hollarda bo‘ylama nishablar promillarda 
aniqlanadi (4 ‰; 20 ‰). 
Vertikal rejalashtirish sxemasini ishlab chiqishda dastavval mavjud 
bo‘lgan relefning sath belgilari (qora belgilar) zarur bo‘lgan nuqtalarda 
topografik xaritadan aniqlanadi. Bu nuqtalar orasidagi masofalar reja 
bo‘yicha masshtabga muvofiq holda qabul qilinadi. So‘ngra ko‘chalar 
bo‘ylama nishabining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal va maksimal 
nishablarga mos kelish yoki kelmasligi ShNQ 2.07.01-03* [9] (2- jadval) 
bo‘yicha tekshiriladi va loyihaviy bo‘ylama nishab aniqlanadi. 
Ko‘chalar va yo‘llarning chetki ariq (lotok)lar bo‘yicha eng kichik 
bo‘ylama nishabi asfaltbeton va sementbeton qoplamalar uchun normal suv 
oqizilishini tashkil etishdan kelib chiqqan holda 0,005 m dan kam bo‘lmagan 
qiymatlarda qabul qilinadi. 
Hududlarning nishabligi mavjud bo‘lgan sharoitlarga har doim ham mos 
kelavermaydi (ya’ni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal 
nishablarga). Bunday vaziyatlarda ko‘chalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan bo‘ylama nishablari ba’zi bir uchastkalardan tuproqni kovlab olish va 
boshqa uchastkalarga tuproqni to‘kish orqali hosil qilinadi. Olingan loyihaviy 
sath belgisi va mavjud bo‘lgan relefning sath belgisi orasidagi farq yordamida 
ishchi sath belgisi aniqlanadi, boshqacha qilib aytganda, tuproq chuqur 


joylarga to‘kiladi yoki baland joylardan kovlab olinadi, bu jarayonlarni mos 
ravishda “+” yoki “–” ishoralar bilan belgilash qabul qilingan. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling