5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari


Download 79.37 Kb.
bet2/10
Sana18.02.2023
Hajmi79.37 Kb.
#1212829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari Презентация Microsoft PowerPoint

2. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha da’vo arizalari qabul qilish masalasini hal etishda, avvalo mazkur da’vo talabining sudga taalluqliligi hamda da’vo vakolatli shaxs tomonidan qo‘zg‘atilganligini tekshirishlari lozim. Xususan, sudlar quyidagi uy-joy nizolarini hal etish vakolatiga ega:

  • 2. Sudlar uy-joy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha da’vo arizalari qabul qilish masalasini hal etishda, avvalo mazkur da’vo talabining sudga taalluqliligi hamda da’vo vakolatli shaxs tomonidan qo‘zg‘atilganligini tekshirishlari lozim. Xususan, sudlar quyidagi uy-joy nizolarini hal etish vakolatiga ega:
  • — xususiy va davlat uy-joy fondlariga qarashli turar-joylarni ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari o‘rtasidagi uy-joy munosabatlari bo‘yicha vujudga kelgan nizolar;
  • — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar;
  • — davlat uy-joy fondining turar-joyiga berilgan hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar;
  • — ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi nizolar;
  • — Uy-joy kodeksining 71—74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
  • — fuqarolik huquq majburiyatlari asosida vujudga keladigan uy-joy bilan bog‘liq nizolar;
  • — yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan vujudga keladigan nizolar.

Fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yordamchi xonalarni qayta qurish va o‘zgartirishga rozilik berish masalalarini hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organi va ijaraga beruvchilarning vakolatiga tegishli ekanligidan kelib chiqib, bunday masalalar bo‘yicha da’volar sudga taalluqli emasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq, fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati va ijaraga beruvchilarning yuqorida qayd etilgan masalalarni hal qilishi bilan bog‘liq harakatlaridan norozi bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan sudga murojaat qilishlari mumkin.

  • Fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yordamchi xonalarni qayta qurish va o‘zgartirishga rozilik berish masalalarini hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organi va ijaraga beruvchilarning vakolatiga tegishli ekanligidan kelib chiqib, bunday masalalar bo‘yicha da’volar sudga taalluqli emasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq, fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati va ijaraga beruvchilarning yuqorida qayd etilgan masalalarni hal qilishi bilan bog‘liq harakatlaridan norozi bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda tegishli shikoyat bilan sudga murojaat qilishlari mumkin.
  • 3. Sudlar uy-joy bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ularni xususiy yoki davlat uy-joy fondiga tegishli ekanligi haqidagi huquqiy maqomini aniqlashlari lozim.
  • Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
  • — fuqarolarning mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda sotib olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq miqdorda to‘langan kvartiralar, hadya, ayirboshlash shartnomalari hamda meros huquqi va O‘zbekiston Respublikasi FKning 187-moddasi asosida olingan kvartiralar va uylar);

Download 79.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling