— xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan hamda ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda (oldi-sotdi, hadya, meros, va h.k. shartnomalar) olingan kvartiralar va uylar. - — xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan hamda ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda (oldi-sotdi, hadya, meros, va h.k. shartnomalar) olingan kvartiralar va uylar.
- Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:
- — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joylar fondi;
- — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartnomalari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;
- — davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlarning to‘la xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraga qarashli bo‘lgan uy-joy fondi;
- 4. Uy-joy fondi tarkibiga kirmaydigan binolardan (ishlab chiqarish binolari, sexlar, yig‘ma inshootlar, palatkalar, o‘tovlar, vagon uycha va h.k.lardan) ko‘chirishda yoki ularni bo‘shatishda sudlar mulk ijarasi shartnomalarini tartibga soluvchi fuqarolik kodeksining normalarini tatbiq etishlari lozim.
- Xususiy uy-joy fondidan foydalanish, tasarruf etish, egalik qilish bilan bog‘liq nizolar
- 5. Turar joy mulkdori voyaga yetgan oila a’zolarining roziligi bilan turar joyni jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berishga haqlidir.
- Mulkdor va uning oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish masalalari yuzasidan nizolar (uyga kiritish, uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish, uydan ko‘chirish, shuningdek, mazkur huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan boshqa nizolar) sud tartibida hal qilinadi.
- Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, mulkdorga nisbatan uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’voni qanoatlantirish mumkin emas.
- Sudlar uy joy nizolarni xal qilishda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim: sobiq mulkdor va uning oila a’zolari uy-joyni oldi-sotdi shartnomasiga asosan begonalashtirganda, shartnomada ko‘rsatilgan kundan, agar shartnomada ularning ro‘yxatdan chiqish muddati kelishilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |