5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining


Download 79.37 Kb.
bet8/10
Sana18.02.2023
Hajmi79.37 Kb.
#1212829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu Uy-joyga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning prosessual xususiyatlari Презентация Microsoft PowerPoint

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).

  • O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 52-moddasiga muvofiq munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar-joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganlarida (agar, turar-joy bo‘yicha uzoq muddat saqlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) turar-joy olti oy muddat davomida uning hisobida saqlanadi. (Shu moddaning ikkinchi qismida bayon qilingan holatlar bundan mustasno).
  • Shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davr mobaynida uyda bo‘lmasligi oqibatida turar-joydan foydalanish huquqi manfaatdor shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud yo‘li bilan yo‘qotgan deb topilishi mumkin. Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, da’voni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.
  • Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida ijaraga oluvchi va uning oila a’zolarining talabi bo‘yicha turar-joy ijara shartnomasini (turar-joyni bo‘lish) o‘zgartirish mumkin. Bunday nizolarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi talabi mavjud bo‘lgan sharoitdagina ijara shartnomasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) bo‘yicha taraf sifatida ishtirok etishi shart.

  • Ijaraga beruvchi turar-joyni ijaraga berish shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolar (kvartira haqi, xonalar va obodonlashtirish obyektlariga yetkazilgan shikast natijasida keltirilgan zararni qoplash va h.k.) bo‘yicha taraf sifatida ishtirok etishi shart.
  • Davlat uy-joy fondini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi organlar esa, turar-joy berish, turar-joylarni almashtirish, turar-joylarni saqlash (bron qilish) kabi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha taraf sifatida qatnashishi lozim.
  • Davlat uy-joy fondidagi turar-joyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar-joy berib ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda, sud, fuqarolarni ko‘chirmasdan ta’mirlash mumkin yoki mumkin emasligini, kapital ta’mirlash vaqtida taqdim qilinadigan turar-joy sanitariya, texnik, yong‘inga qarshi talablarga javob berishligini hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligini, ko‘chirilayotgan fuqarolarning yoshi, sog‘lig‘i va boshqa e’tiborga sazovor holatlarni hamda kapital ta’mirlash muddatini e’tiborga olishi lozim.
  • Agar ijarachilar fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uydan kapital ta’mirlanishi sababli chiqarilayotgan bo‘lsalar, sud, uy kapital ta’mirlash ehtiyojiga muhtojligini, mulk egasi ta’mirlash imkoniyatiga ega ekanligini (masalan: mablag‘, qurilish materiallarining mavjudligi), shuningdek ta’mirlash ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan vaqtni inobatga olib, ijarachi va uning oila a’zolarini ma’lum muddatga ko‘chirib chiqarilayotganligini hal qiluv qarorida ko‘rsatishi shart.

Download 79.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling