5-mavzu. Xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik. Reja
Download 37.76 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vositalari.
5-MAVZU. XO‘JALIK FAOLIYaTINING PUL-MOLIYa SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK. Reja: Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari, moliyaviy oqimlarga tahdidlar. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vositalari. Pul muomalasini mustahkamlash va banklar xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari5.1. Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari, moliyaviy oqimlarga tahdidlar Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subyektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‗yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‗laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar tizimi bo‗lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Davlat, korxonalar va uy xo‗jaliklari moliyaviy munosabatlar subyektlari pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar obyekti hisoblanadi. Moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari bo‗lib, quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiy munosabatlar pulning harakati bilan tavsiflanishi. 2. Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi. 3. Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YAIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‗lishi. Moliya moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‗batlantirish va taqsimlash vazifalarini bajaradi. 1. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‗rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‗z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‗lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‗planishiga harakat qiladi. 2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol ustidan nazorat o‗rnatadi. 3. Moliyaning taqsimlash vazifasi milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlashda namoyon bo‗ladi. Bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasalar tizimi shakllanadi. Ular jumlasiga banklar, birjalar, sug‗urta kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa iqtisodiy-moliyaviy muassasalar kiradi. Moliya iqtisodiy siyosatning va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiga aylanadi. Shu boisdan moliya sohasini mustahkamlash quyidagi vazifalarda o‗z ifodasini topgan: • umumdavlat ustuvorliklaridan kelib chiqib, moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish; • hisob-kitob intizomini mustahkamlash va soliq tizimini takomillashtirish, soliqlar sonini kamaytirib, uning yig‗ilishini oshirish; • pul massasidan foydalanish ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish; • bank tizimining ishonchli amal qilishini ta‘minlash. Moliya tizimining boshqa bo‗linmalaridan farqli o‗laroq, davlat budjetida ikki tushunchaning terminologik qo‗shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida daromadlar va xarajatlarning tenglashtirilgan ko‗rinishidagi yozuvdan iborat. Agarda, budjet daromadlari hajmi uning xarajatlari hajmidan yuqori bo‗lsa, bunda budjetda ijobiy qoldiq (profitsit) yuzaga keladi. Davlat budjeti xarajatlarining hajmi uning daromadlaridan yuqori bo‗lsa, bunda salbiy qoldiq – taqchillik mavjud bo‗ladi. Budjet taqchilligini kelib chiqish sabablari ma‘lum sharoitlar ta‘sirida yuzaga chiqadi va har bir davlat iqtisodiyoti uchun o‗ziga hos ko‗rinishda bo‗ladi. Umuman budjet taqchilligi turli sabablarda kelib chiqishi mumkin. Masalan: 1. taqchillik davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyat qarzdorlik hajmini oshirishidan kelib chiqishi mumkin. Bu iqtisodiyotning inqirozli holatini bildirmaydi, balki davlatning iqtisodiy kon‘yunkturani tartibga solish, jadal odimlashni ta‘minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; 2. taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin (urushlar, tabiiy ofatlar). Bunday holatlarda odatdagi zaxiralar yetarli bo‗lmaydi va ortiqcha mablag‗lar manbasiga ehtiyoj tug‗iladi; 3. mamlakatda YAIM o‗sish darajasiga erishmasdan, markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishni keskin oshirish natijasida taqchillik yuzaga keladi; 4. taqchillik iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga keladi, bunda u iqtisodiyotdagi inqirozli holatlarni, iqtisodiyotning qulashini va hukumatni davlatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlay olmasligini aks ettiradi. Bunday vaziyatlarda budjet taqchilligi noiloj mavjud bo‗ladi. Ushbu holatda nafaqat iqtisodiy chora-tadbirlar, balki zaruriy siyosiy yechimni qabul qilish talab qilinadi. Budjet taqchilligining normal holati deb taxminan davlatdagi inflatsiya darajasiga teng taqchillikka aytiladi. Xalqaro standartlarga ko‗ra budjet taqchilligining mumkin bo‗lgan darajasi YAIMning 2-3 % miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Davlat budjeti taqchilligini mutlaq hajmini hisoblashda quyidagi: T=D-X tenglamadan foydalanish lozim. Ammo, bu tenglama budjet taqchilligining hajmini to‗la aks ettira olmaydi. Shuning uchun budjet taqchilligini hisoblashda xalqaro tajribadan kelib chiqib budjetning umumiy taqchilligini quyidagicha aniqlash lozim: bunda:
T – davlat boshqaruv sohasining umumiy taqchilligi; BT – bank tizimi tomonidan davlat boshqaruv sohasiga bo‗lgan sof moliyaviy talabning o‗zgarishi; NbS – nobank sohalar va uy xo‗jaliklarning davlat boshqaruv sohasiga bo‗lgan sof moliyaviy talabning o‗zgarishi; Xt – davlat mulkini xususiylashtirish tushumlaridan foydalanish; Tm – davlat boshqaruv sohasini tashqi moliyalashtirish. Ushbu tenglama orqali davlat xarajatlarini moliyalashtirishda foydalangan moliyaviy mablag‗larning yig‗indisini topish mumkin. Bu esa, taqchillikning haqiqiy hajmini ko‗rish imkoniyatini beradi. Davlat budjeti taqchilligini boshqa makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash zarur. Uning holatini tahlil etishda, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan foiz hisobi o‗rganiladi va quyidagicha ifodalaniladi: T D X x100% YaIM Bunda, YAIM – budjet taqchilligi hisoblanayotgan yildagi yalpi ichki mahsulotning hajmi. Odatda, budjet taqchilligining mumkin bo‗lgan darajasi YAIMning 2-3 % miqdoriga teng bo‗lishi kerak deb belgilangan. Budjet taqchilligini kamaytirish uchun daromad qismi yetarli bo‗lmasa xarajatlarni kamaytirish to‗g‗ri bo‗lib ko‗rinadi. Biroq, real hayotda budjetning xarajatlar qismini kamaytirish juda mushkul, ayrim hollarda umuman mumkin emas. Masalan: iqtisodiy nuqtayi nazardan sug‗urta, kapital amortizatsiya xarajatlarini; siyosiy nuqtayi nazardan esa ijtimoiy himoyani, mudofaa xarajatlarini kamaytirish mumkin emas. Xarajatlarning juda kam qismigina shu yili qabul qilingan qarorga bog‗liq bo‗ladi. Katta qismi esa avvaldan dasturga kiritilgan va tasdiqlangan xarajatlardan iborat, masalan, nogironlarga, urush qatnashchilariga yordam mablag‗lari va boshqa xarajatlar. Taqchillikning miqdorini aniqlash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama o‗rganish zarur. Chunki, budjetda bunday vaziyatning yuzaga kelishi me‘yoriy holat hisoblanmaydi, ammo uni yengib o‗tish yoki ma‘lum chegarada ushlab turish mumkin, chunki ideal holatdagi – tenglashtirilgan budjet, dunyo mamlakatlari tajribasida juda kam uchraydi. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, jamiyat rivojining ma‘lum bosqichlarida mamlakatning xususiyatlarini inobatga olib budjet taqchilligiga yo‗l qo‗yiladi. Mamlakatda budjet siyosati qisqa davrga mo‗ljallanganligi uni ma‘lum bir muddat bilan chegaralanib qolishiga olib keladi. Bu iqtisodiyotga uzoq muddatli istiqbolli strategik rejalashtirishni va unga mos ravishda istiqbolli investitsiyalashni cheklab qo‗yadi. Natijada mavjud moliya tizimi o‗zini tugallanmaganligi va real iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga investitsiyalarni kirib kelishini ta‘minlay olmay, uning rivojlanishiga to‗siq bo‗ladi va kapitalni chetga chiqib ketishiga omil yaratadi. Download 37.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling