5-mavzu. Xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik. Reja


Mamlakatdan kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog‘lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi


Download 37.76 Kb.
bet3/7
Sana28.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1135005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-мавзу

Mamlakatdan kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog‘lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash, investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb yetishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish. Oqibatda, kapitalni chetga chiqarish kamayib, xorijdagi vatandoshlarimiz hisobidagi mablag‘larning yurtimizga qaytish jarayoni yuz beradi;

  • aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • milliy valyutadagi jamg‘armalarning ko‘payishi hamda ularni investitsiyalarga aylanishini rag‘batlantirish tizimini yaratish;

  • moliyaviy oqimlarni – bojxona, valyuta, bank nazoratining shakl va vositalari, usullarini takomillashtirsh;

  • kapitalning eksport va importni tartibga solishning huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish.



5.2. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdilar

Iqtisodiy lug‗atda, «moliyaviy xavfsizlik» tushunchasi mamlakat, hudud moliya tizimlarining, moliyaviy inqiroz, defolt, moliyaviy oqimlar harakatining buzilishi, iqtisodiy faoliyatning asosiy ishtirokchilarini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashdagi uzilishlar, pul muomalasi barqarorligini buzilishining yuzaga kelishini oldini olish imkonini beradigan barqaror, ishonchli faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yaratish sifatida talqin etilgan. Moliyaviy xavfsizlik o‗z ichiga, makrodarajada mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hamda mikrodarajada xo‗jalik yurituvchi subyektlarning


moliyaviy faoliyatini amalga oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar, usul va mablag‗lar to‗plamini oladi.
Makrodarajada moliyaviy xavfsizlikni, tinchlik va favqulodda vaziyatlar sharoitida davlatning ichki va tashqi salbiy moliyaviy ta‘sirlar hamda davlatning iqtisodiy va harbiy xavfsizlik darajasini yetarli miqdorda qo‗llab-quvvatlash uchun mamlakatning iqtisodiy talablarini zamonaviy va mukammal moliyaviy ta‘minlash qobiliyati sifatida ko‗rish mumkin.
Moliyaviy xavfsizlik, mamlakat va uning alohida olingan fuqarolarini milliy g‗oya va milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan davlatning mustaqil moliyaviy siyosatini olib borish uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash – davlatning moliya sohasi barqarorligiga tahdid soluvchi tavakalchiliklarni, milliy qadriyat va manfaatlarni himoya qilishni ko‗zda tutgan holda, boshqarish faoliyatidir. Zamonaviy sharoitda, moliyaviy xavfsizlik muammosini tahlil qilishda, moliyaviy sohada milliy manfaatlar tushunchasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
• mamlakatning moliya-kredit tizimini muvaffaqiyatli olib borishda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
• davlat moliya nazoratini samarali tizimini yaratish;
• davlat xarajatlari va budjet resurslarini mutanosibligini ta‘minlash;
• maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirishni optimallashtirish;
• ilmiy va yuqori texnologik sohalarni maqsadli investitsiyalash;
• bozorda erkin raqobatni ta‘minlash uchun yetarli sharoit yaratish;
• milliy iqtisodiyotga jahon inqirozlari ta‘siri darajasini pasaytirish;
• inflatsiya darajasini pasaytirish va milliy valutaning barqarorligini ta‘minlash;
• kapitalni chetga noqonuniy olib chiqishiga qarshi choralar ko‗rish;
• iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar.
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasi – bu davlat va moliya tashkilotlarining, iqtisodiy va bank-moliya tuzilmalarining O‗zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va birligi, moliyaviy barqarorlik ta‘minlash hamda iqtisodiy o‗sishga qaratilgan siyosiy va iqtisodiy faoliyat yo‗nalishi bo‗lib hisoblanadi. Moliyaviy xavfsizlik strategiyasining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
• qisqa va uzoq bozor davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning aniq sharoitlarida moliyaviy xavfsizlik strategiyasining maqsadlari va vazifalarini belgilash;
• tanlangan strategiyaning vosita va instrumentlari;
• iqtisodiy o‗sishni qayta tiklashning moliyaviy shart-sharoitlari hamda resurslarini shakllantirishning yo‗llari va yo‗nalishlari;
• moliyaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi vositalar va uning yo‗nalishlari. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar:
• davlat qarzi va budjet taqchilligining xavfsizlik chegaralarini aniqlash;
• pul-valuta tavakalchiliklarini sug‗urtalash;
• moliyaviy oqimlarning samaradorligi;
• O‗zbekiston Respublikasi moliya tizimining xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan qonunlarni qabul qilish;
• iqtisodiy subyektlarning moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat o‗rnatish.
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasining asosiy maqsadi- moliyaviy resurslar va oqimlar harakatini tor bo‗g‗inlardan real sektorni to‗la qoplaydigan keng tizimga o‗tkazish.
Respublika va mintaqa miqyosida moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini shakllantirish bo‗yicha joriy strategiyasining asosiy vazifasi quyidagi maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan:
• real sektorning moliya sohasini ichki xo‗jalik zaxiralari hisobiga jonlantirish;
• moliya tizimining barcha bo‗g‗inlari: budjet, soliq-kredit‘ tizimini, fond bozorlari, sug‗urta tizimi, valuta va boshqa tuzilmalarning mutanosib faoliyatini ta‘minlash;
• ishlab chiqarishning investitsion salohiyatini shakllantirish va uni maqsadli ishlatilish va investitsion jarayonlarni jonlantirish;
• yangi texnik asosda kapitalni jamg‗arish va qoplash;
• kapitalni tarmoqlararo va tarmoq ichidagi raqabat mexanizmini shakllantirish;
• spekulyativ bank va savdo kapitalining sanoat kapitaliga nisbatan ustuvorliklarni bartaraf etish;
• iqtisodiyot bo‗yicha asosiy korxonalar o‗rtasidagi og‗ir moliyaviy qiyinchiliklarning asosiy omili bo‗lgan qarzdorlik inqirozini hal etish.
O‗z mohiyatiga ko‗ra moliyaviy Xavfsizlikka tahdidlar ichki va tashqiga bo‗linadi. Moliyaviy tahdidlarning mavjud bo‗lishining asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
• davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatining samarasizligi;
• davlatning moliyaviy tizimida resurslarni boshqarishda iqtisodiy jinoyatchilik, moliyaviy resurslarni talon-toroj qilishlar va h.k. mavjudligi;
Tashqi moliyaviy tahdidlarning mavjud bo‗lishining asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
• jahon moliyaviy bozorlarining globallashuvi va integratsiyalashuvi va transmilliy iqtisodiy aloqalarning shakllanishi;
• kapitalning asosiy qismini mobilligi va ularning markazlashganligi;
• jahon iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning hukmronligi va ta‘sirini kuchayishi;
• zamonaviy axborot texnologiyalar asosida moliyaviy resurslar harakatini nazorat qilish imkoniyati;
• jahonda davlatlar o‗rtasida moliyaviy sohada raqobatni kuchayishi.
Pul muomalasi tovarlar va xizmatlar aylanmasiga vositachi sifatidagi pul harakatini ifodalaydi. Pul aylanmasi tovarlarni sotish hamda tovarlar harakatiga xizmat qiladi. Pul tizimining eng muhim komponentlari quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
• milliy pul birliklari bo‗lib, ularda tovar va xizmatlarning narxlari ifodalanadi;
• kredit va qog‗oz pullar, monetalar qonuniy to‗lov vositalari hisoblanadi;
• pul emissiyasi tizimi, ya‘ni pulni muomalaga chiqarishning qonuniy o‗rnatilgan tartibi;
• pul muomalasini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlari.
Pul muomalasidagi qonunbuzarlik, jinoiy, o‗g‗rilik holatlarining vujudga kelishiga quyidagilar qulay sharoit yaratadi:
• inflatsion jarayonlarning kuchayishi;
• daromadlarni deklaratsiya qilish tiziminining yetarli rivojlanmaganligi;
• xorijiy valutalar muomalasining tartibga solinmaganligi;
• bank va moliyaviy muassasalar tomonidan pul mablag‗larini huquqiy himoya qilishning bo‗shlig‗i;
• hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmagani hamda pul to‗lovlari muddatlarining atayin cho‗zib yuborilishi holatlari. O‗tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda nodavlat bank tizimi va fond birjalari, investitsion fondlarning rivojlanishi hamda davlat nazoratining yetarli darajada emasligi turli kriminogen omillarni vujudga keltiradi:
• davlatning pul-kredit siyosatidagi ziddiyatlar, moliyaviy munosabatlarni tartibga solishdagi uzilish va kamchiliklar;
• pul-kredit tuzilmalarini tashkil etish va ularni tugatishga bo‗lgan talablar hamda xo‗jalik subyektlari bilan o‗zaro munosabatlari tartib-qoidalarining yetarli darajada takomillashmaganligi;
• dastlabki bank kapitali manbaining qonuniyligini huquqiy jihatdan nazorat qilishning mavjud emasligi;
• jinoiy yo‗llar bilan topilgan mablag‗larni legallashtirishga to‗sqinlik qiluvchi mexanizmning mavjud emasligi;
• banklar o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblarning takomillashmaganligi. Tovlamachilik, jinoiy harakatlarga sabab bo‗luvchi tashkiliy-xo‗jalik omillari va shart-sharoitlari ham mavjud bo‗lib, ularni ba‘zilari quyidagilarda o‗z ifodasini topgan:
• to‗lov hujjatlaridan foydalanadigan banklarni saqlash ustidan nazoratning yo‗qligi;
• banklarning soxta muhr, shtamp va hujjat nusxalarini kompyuter yordamida tayyorlash imkoniyatlarining mavjudligi;
• bankning mansabdor shaxslari tomonidan naqd pul berishni cheklovchi qoidalarning buzilishi, avizolarni oldindan tekshirmasdan tushgan mablag‗larning imtiyozli konvertatsiya qilinishi;
• tijorat banklarining ayrim rahbarlari tomonidan noqonuniy operatsiyalarni yashirish, keyinchalik tushgan pul mablag‗larini huquqiy shaxs maqomidagi mijozlarning hisob raqamlariga ko‗chirish hollari;
• tijorat banklarining ayrim rahbarlari o‗z hisoblariga to‗lov hujjatlarining haqiqiy yoki soxtaligidan qat‘iy nazar katta miqdorda pul mablag‗larining kelib tushishidan manfaatdor bo‗ladilar. Chunki pul ko‗chirganlik yoki uzatilganligi uchun ular katta miqdorda komission haq oladilar. Jinoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish uchun maxsus xavfsizlik xizmatlarini tashkil etish hamda xavfsizlikni ta‘minlashga katta e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi.



Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling