5-mavzu. Xo‘jalik faoliyatining pul-moliya sohasidagi iqtisodiy xavfsizlik. Reja


Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligini ikki muhim tamoyil belgilab beradi


Download 37.76 Kb.
bet2/7
Sana28.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1135005
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-мавзу

Moliyaviy tashkilotlarning ishonchliligini ikki muhim tamoyil belgilab beradi:

Moliya tizimi moliyaviy resurslar oqimi bilan tavsiflanadi. Bozorlardagi tovarlar va xizmatlar oqimlari pul muomalasi vositasida sodir bo‘ladi hamda moliyaviy munosabatlarning sub’ektlarini bir-birlari bilan bog‘laydi.
Moliyaviy oqimlar xo‘jalik sub’ektlari jamg‘armalarining investitsiyalarga aylanishi jarayonini ifodalaydi. Ammo kapitalning oquvchanligi oshkora, qonuniy yoki yashirin, noqonuniy shakllarda namoyon bo‘ladi. Ushbu moliyaviy oqimlar harakatida ikki xil noxush, salbiy holatlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Bir tomondan, mamlakatda investitsiya resurslari yetishmagan bir sharoitda capital qochib, chet mamlakat iqtisodiyotni investitsiyalsh manbaiga aylanishi mumkin. Bu yesa mamlakatning ichki moliyalashtirish, investitsiyalash imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Ikkinchi tomondan, noma’lum manbalar hisobiga capital to‘planib, iqtisodiyotning real va xufyona sektorlarida muomalaga tortiladi. Kapital “qochishi”ning sabablari tijorat foydasi olish yemas, balki uni saqlash, undan foydalanishning ishonchli sharoitlarga yega bo‘lishiga intilishi bilan izohlanadi.
Mamlakatdan kapitalning qochishiga valyutaviy tartibga solishdagi tartibbuzarliklar ham sabab bo‘ladi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:

  • ruxsat etilgan banklarni chetlab, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida hisob- kitoblar qilish, xorijiy valyuta sotish va sotib olish bo‘yicha valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi qonunbuzarliklar;

  • markaziy bankning litsenziyasisiz valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tartib va qonunbuzarliklar;

  • moliyaviy kreditlar olish va berish, eksport–import operatsiyalari bo‘yicha to‘lov muddatlarini cho‘zish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar;

  • rezident va norezidentlar o‘rtasidagi valyuta opersiyalarini to‘liq va ob’ektiv hisobga olishning yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan bog‘liq qonunbuzarliklar.


Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling