Auditning maqsadi, vazifalari va rivojlanish bosqichlari Mm 62 guruh talabasi


Download 5.45 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi5.45 Kb.
#1483535
Bog'liq
Auditning maqsadi, vazifalari va rivojlanish bosqichlari-fayllar.org (1)


Auditning maqsadi, vazifalari va rivojlanish bosqichlari

Auditning maqsadi, vazifalari va rivojlanish bosqichlari

Mm 62 guruh talabasi

G’oziyev Bobur

Audit bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bogliq moliyaviy axborotlarini meyoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi togrisida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.

Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini otkazish va Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati togrisida»gi qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan turdosh xizmatlarni korsatishi mumkin. Turdosh xizmatlarga quyidagilar kiradi:


  • buxgalteriya hisobini yolga qoyish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boyicha moliyaviy hisobot tuzish;

  • yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;

  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari boyicha maslahat berish;

  • auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bolganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qollash, soliqlar va yigimlar boyicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish;

Moliya-xojalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish; Buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xojalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar otkazish; Buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi boyicha tavsiyalar ishlab chiqish. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham korsatishi mumkin (33-modda).

Auditni keltirib chiqaruvchi sabablar:


  • axborot etkazib beruvchilar (mamuriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular ortasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida mamuriyat tomonidan notogri malumotlar berilishi;

  • notogri axborotlarga asoslangan holda xojalik qarorla-rining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;

  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;

  • axborotlardan foydalanuvchilarda malumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning etishmasligi va h. k.

Ayrim manbalarga kora buxgalter-auditor kasbi XVII asrning ortalarida Evropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida aktsiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari ortasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. Osha paytlarda mustaqil faoliyat korsatib, korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyati togrisida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan. Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki boldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning kopchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar togrisidagi hisobot malumotlarini tasdiqlash tartibini qatiy belgilash, ularning togriligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan .

Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan otdi:


  • Tasdiqlovchi audit bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.

  • Maqsadli sistemali audit bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.

  • Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.


Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza otkaza boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bolsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar otkazishga hojat qolmaydi.
Tavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yoli bilan otkaziladigan tekshirish bolib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi obektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.

Auditning asosiy obektlari quyidagilardan iborat bolishi kerak deb hisoblaymiz:

Auditning asosiy obektlari quyidagilardan iborat bolishi kerak deb hisoblaymiz:

- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogliq bolgan opretsiyalar;

-moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi korsatkichlar (xarajatlar, daromadlar, foyda ( zararlar);

- valyuta operatsiyalari;

- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;

- hisob-kitob operatsiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari);



http://fayllar.org
Download 5.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling