YAIM=YAICH-OI+MIIS
Qisqacha xulosalar
Makroiqtisodiy faoliyat deyilganda iqtisodiyotdagi barcha sub'ektlar faoliyatining yig'indisi tushuniladi va uning hammasi mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlar sifati yuzaga keladi. Makroiqtisodiy faoliyat natijasini aniqlashning nazariy asosi bo'lib, tovar va xizmatlarning doiraviy aylanish modeli hisoblanadi.Makroiqtisodiyotda turli maqsadlarga yo'naltirilgan ko'plab yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad va boshqalar. Ular orasida eng asosiysi bo'lib, yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko'rsatkichi hisoblanadi. Uning xajmini aniqlashning uch xil usuli mavjud (ishlab chiqarish, taqsimot va yakuniy iste'mol). YAIM bu yil davomida mamlakatda yaratilgan pirovard mahsulotning qiymatini ifodalaydi.
Sof milliy mahsulot – miqdoran YAIMdan asosiy fondlar iste'moli (amortizatsiya)ni chegirib tashlagandan so'ng qolgan qismiga teng.
Sof milliy mahsulotning jamiyat a'zolariga ularning daromadi mifatida tekkan qismi milliy daromad deb yuritiladi.
YAIM xajmini aniqlashda to'rt xil baho tizimi dan foydalaniladi: omilli baho, asosiy baho, ishlab chiqarish bahosi, xaridor bahosi, YAIM dinamikasini aniqlash maqsadida o'zgarmas baholardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |