5-Mavzu: yozma muloqot reja
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
Download 31.32 Kb.
|
5-Mavzu. Yozma muloqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - mashq.
- 4 - mashq.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:
1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida namunadagidek gaplar tuzing. Ko'makchili birikmalarni ma’nodoshlari bilan almashtirib daftaringizga ko‘chiring. Namuna: Ma’lumotnoma talab etilgan joyga taqdim etish uchun berildi. Ko‘rsatish uchun, oliy o‘quv yurtiga, topshirish uchun, kasaba uyushmasiga, berildi, Qo'qon shahridagi 18- o‘rta maktab, taqdim etish uchun, ma’muriyatga, uy-joylardan foydalanish bo‘limiga, 316-bolalar bog‘chasiga, harbiy komissariatga, tuman ta’minoti boshqarmasiga. 2 - mashq. Nuqtalar o‘miga tegishli qo'shimchalarni qo'yib, so‘z birikmalarini daftaringizga ko'chirib oling va eslab qoling. Masalan... o‘rgan... chiqdim, sizning ko‘rsatma... binoan, o‘z vaqti... bajarildi, ahvol... haqida, chora ko‘rish... so‘rayman, qiyinchilik... duch kelmoqda..., masala... ijobiy hal etilishi... so‘raymiz, zarur deb hisoblay..., qonun oldida javob berish... so‘ray..., yotoqxona... tekshir..., qayta ko‘r... chiq... taqozo etmoqda, sharoit yo‘q... sababli, berilgan vazifa... muddat... oldin bajardim. 3 - mashq. Hisobot matnidagi nuqtalar o'rnini tegishli so‘z va qo'shimchalar bilan to‘ldirib, matnni daftaringizga ko'chiring. Sizning topshiriq... Binoan 10-15-sentabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safari... bordim. Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasi... xo‘jalik... xususiy xonadonlarga gaz o'tkaz ellik kilometr (diametr 30 mm) truba yetkazib berish... shartnoma tuzish edi. Shartnoma tuzildi. Unga... trubalar shu yil... 20- noyabriga... xo‘jaligimizga keltiriladi. Ilova: 2002- yil 15- sentabrda tuzil... shartnoma nusxa... 4 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq. Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling