5-mtt 22-guruh talabasi Djabbarova Nafisaxon Bolalar ovqatlanishini tashkil etishning asosiy tamoyillari


Download 20.44 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi20.44 Kb.
#1630472
  1   2   3
Bog'liq
New Microsoft Word Document


5-MTT 22-guruh talabasi Djabbarova Nafisaxon
Bolalar ovqatlanishini tashkil etishning asosiy tamoyillari
Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq. Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim.

Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi…


Bola organizmida u yoki bu foydali moddaga tanqislik bo‘lmasligi uchun xilma-xil aralash ovqat zarur. Bola ratsioniga o‘simlik va mol mahsulotlarini kiritish juda muhim. Ba’zilarini o‘zingiz tayyorlashingiz, boshqalarini esa pishirilmagan holda berishingiz mumkin. Bunday birikmalar tufayli maxsus boyitilgan mahsulotlarga bo‘lgan zarurat yo‘qoladi.

Bir xillikdan qoching


Bola organizmi barcha narsaga tez o‘rganib qoladi, shu bois bolani muayyan bir xil ovqatga o‘rgatish tavsiya etilmaydi. Undan faqat vegetarianlar ovqatini iste’mol qilishni talab etish yoki faqat yuqori kaloriyali mahsulotlar bilan ovqatlantirish mumkin emas. Sut foydali albatta, ammo ovqat ratsioniga boshqa mahsulotlarni kiritmasangiz bolada oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari yetishmasligi rivojlanadi.

Dasturxonni to‘g‘ri bezash


Dasturxon atrofidagi sharoit ham juda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar chiroyli va o‘ziga tortadigan narsalarni yoqtirishadi. Shuning uchun dasturxonni tuzashga ham katta e’tibor berish lozim. Bola ovqatlanayotgan paytda uni yaxshi odatlarga o‘rgatish zarur. Nonushta va kechki ovqatni oila bilan birgalikda dasturxon atrofida qilgani ma’qul, iloji bo‘lsa tushlikni ham, albatta. Ovqat tayyorlayotganingizda osh tuzi o‘rniga ko‘proq xushta’m giyohlar va achchiq bo‘lmagan ziravorlardan foydalangan yaxshi.

Download 20.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling