5 ona tili docx
ajratadi: san’at, in’om. Mo‘jiza, mo‘tadil
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
ajratadi: san’at, in’om.
Mo‘jiza, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar QATOR UNDOSHLI so‘zlardir: go‘sht, do‘st, barg Paxta, nimcha, o‘simlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator undoshlar hisoblanmaydi. 26 Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga BO‘G‘IN deyiladi. Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. Har bir bo‘g‘inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. So‘zni asos va qo‘shimchalarga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng so’zlar: go‘sht-ni, barg-ga, sabr-siz-lik-dan So‘zni asos va qo‘shimchalarga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng emas: go‘sh-ti, bar-gi, sabr-siz-li-gim-dan Bo‘g‘inlar ikki turli bo‘ladi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in. Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in esa yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. M-n: o-na, bo-la so‘z-laridagi har ikki bo‘g‘in ochiq, tosh-lar so‘zidagi har ikki bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in. Ki-tob so’zida esa birinchi bo’g’in ochiq, ikkinchi bo’g’in yopiq. Bo’g’in ko’chirganda birinchi yoki oxirgi bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Ular keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko‘chiriladi. Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko‘chiriladi: pe-shana, Chir-chiq, ko‘-ngil kabi. 2005, XXI, 5-«B» sinfi, «Navro‘z – 2015», BMT kabi so‘zlar qatordan qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi. So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi. Download 226.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling